Yuriy Nikolayevich Pavlov (1923-yil 17-noyabr, Namangan, Oʻzbekiston SSR) — sovet askari, SSSRda xizmat koʻrsatgan sinov uchuvchisi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, kapitan (1967-yil).

Biografiyasi 1923-yilda Namangan shahrida tavallud topgan

1941-yilning iyul oyidan boshlab SSSR qurolli kuchlari safida xizmat qila boshlagan. Oʻsha yili Orenburg shahridagi Chkalovskiy otliqlar maktabiga ham oʻqishga kiradi.

Ukraina markaziy, birinchi va toʻrtinchi frontlari qoʻshinlari tarkibidan Ulugʻ Vatan urushi jang maydonlarida jang olib borgan. Kursk jangida, Chernigov-Pripyat, Kiev mudofaa va hujumlarida, Jitomir-Berdichev, Rivne-Lutsk, Proskurov-Chernovsi, Lvov-Sandomierz, Karpat-Ujgorod, Gʻarbiy Karpat va Moraviya-Ostrava operatsiyalarida ham ishtirok etgan. 1943-yilda ikki marta, birinchi marta 28-iyulda, ikkinchi marta noyabr oyida janglarda jarohat olgan.

Urushdan keyin Pavlov Karpat harbiy okrugida xizmat qilishni davom ettiradi, keyinchalik 1946-yilda zahira qoʻshinlari safiga qoʻshiladi. 1946—1948-yillarda Kuybishev sanoat texnikumida tahsil olgan. 1952-yilga kelib, Kiev fuqarolik havo floti muhandislari institutini tugallaydi.

1952—1962-yillarda fuqarolik havo floti ilmiy-tadqiqot institutida muhandis, soʻngra yetakchi muhandis boʻlib faoliyat olib borgan. 1950-yildan 1952-yilga qadar Pavlov Kiev aeroklubida parvoz va samolyot sporti bilan faol shugʻullangan.

1962-yil dekabr oyidan 1983-yil noyabr oyiga qadar parvozlar ilmiy-tadqiqot institutida sinovchi uchuvchi boʻlib xizmat qilgan. Bundan tashqari, Pavlov institutda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha Mi-2, Mi-4, Mi-6, Mi-8, Mi-10, Mi-24, Ka-25 mashinalari va ularning modifikatsiyalari boʻyicha test dasturlari toʻplamini tugatgan.

Hozirgi kunda Yuriy Pavlov Moskva shahrida istiqomat qiladi.

Mukofotlari va unvonlari

1-darajali Vatan urushi ordeni (1985-yil 11-mart); 2 ta Vatan urushi ordeni (1944-yil 15-oktyabr va 1945-yil 20-may); Qizil Yulduz ordeni (1944-yil 11-avgust); bir qancha medallar; SSSRda xizmat koʻrsatgan sinov uchuvchisi(1979-yil 17-avgust).

Manbalar

Adabiyotlar

Vasin V. P., Simonov A. A. Ispitateli LII. — Jukovskiy: Aviatsionniy Pechatniy Dvor, 2001. — S. 80. — 192 s. — ISBN 5-93705-008-8. Dobroxotov V. A. Ispitateli vertolyotov. Kniga pervaya. Ispitateli vertolyotov OKB M. L. Milya. — Moskva, 2010.

Havolalar

Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:17-noyabrda tugʻilganlar