Fyodor Ivanovich Gagloyev — sovet-rus futbolchisi, SSSR sport ustasi. „Spartak“ (Orjonikidze) va „Dinamo“ (Stavropol) klublarida yarim himoyachi va hujumchi sifatida uzoq vaqt oʻynagan. Yoshligida iqtidorli va istiqbolli futbolchilardan hisoblangan, murabbiy boʻlib ishlagan chogʻida koʻplab mojarolar markazida qolganShtrafnaya zona.

Tarjimai holi

Futbolchilik faoliyati Orjonikidze shahridagi „Spartak“ sport maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiylari Dzardanov va Goroxovlar boʻlgan. 1985—1986-yillarda Moskvaning „Dinamo“ jamoasida toʻp surgan. 1993-yilda „Sport-Express“ gazetasiga koʻra eng yaxshi himoyachilardan biri deb eʼlon qilingan.

Murabbiylik karerasi Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng, Gagloyev Oliy murabbiylar maktabini tamomlagan, bir yildan soʻng Stavropolning „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiy sifatida ish boshlagan. Mavsum oxiriga kelib „Dinamo“ Birinchi ligadan tushib ketgan va murabbiy bir nechta istiqbolli futbolchilarni (Roman Pavlyuchenko va Renat Dubinskiy) kashf etgan. 2001-yilda ikkinchi diviziondan „Volochanin“ FK vitse-prezidenti lavozimida yarim yil ishlaganFedor Gagloev: „Mi po dnyam i chasam znaem, chto delat“. Soʻng Gagloyev Tverning „Ratmir“ klubi vitse-prezidenti va bosh murabbiyi etib tayinlangan, bu vaqtga kelib klub 5-6 ochko farqi bilan peshqadam boʻlib turgandi. Gagloyev bilan klub mavsumni ikkinchi oʻrinda yakunlagan va „BSK“ FK ikkinchi divizioniga tushib ketgan, keyingi mavsumda koʻplab janjallardan soʻng klub (Gagloyevning oʻzi „Hakamga jismoniy taʼsir oʻtkazgani uchun“ 10 yilga rahbariyatdan chetlatildi) birinchi oʻrinni egallagan, ammo qoidalarni buzganlik uchun klubdan 28 ochko olib tashlangan va „Ratmir“ 7-oʻringa tushib ketgan.

2014-yil 3-dekabrda „Oryol“ FKga murabbiy etib tayinlangan. 2015-yilda Oryol viloyati gubernatori Vadim Potomskiyning buyrugʻi bilan „Oryol“ FK bosh direktori etib tayinlangan. 2015-yilning 15-aprelida bir qator janjallardan soʻng „Oryol“ klubidagi barcha lavozimlaridan chetlashtirilgan. Gagloyevning isteʼfosi oʻz iltimosiga binoan, ammo ariza aslida Oryol viloyati hukumatining taklifiga binoan yozilgan.

2016-yilning yanvar oyida Vladikavkazning „Alaniya“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Avtobusda Novocherkasskning „MITOS“ jamoasiga qarshi safar oʻyiniga borishdan bosh tortgani (va bunga oʻyinchilarni tashviqot qilgani) uchun ishdan boʻshatilgan.

2026-yil 13-avgustda Samarqandning „Dinamo“ jamaosida yordamchi murabbiy sifatida shartnoma imzolagan„Dinamo“da rossiyalik mutaxassis ish boshladi.

Manbalar

Havolalar Fyodor Gagloyev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:PFC Dinamo Stavropol futbolchilari Turkum:FC Elista futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari Turkum:FC Tekstilshchik Kamyshin futbolchilari Turkum:FC Yugra Nizhnevartovsk futbolchilari Turkum:FC Kavkaztransgaz-2005 futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar