Mustafo Abduljemil Jemilev (, ; , Ai-Serez, Qrim ASSR, RSFSR, SSSR) — sovet inson huquqlari faoli va dissidenti, ukrainalik siyosatchi, Qrim-tatar milliy harakati yetakchilaridan biri, 1991—2013-yillarda Qrim-tatar xalqi majlisi raisi boʻlgan.
Siyosiy qarashlari va antisovet faoliyati tufayli Jemilev universitetdan haydalgan va yetti marta bir necha aybdorlik ishlari bilan sudlangan. Hammasi boʻlib u oʻn besh yil qamoqda oʻtirdi. 1966—1967, 1969—1972, 1974—1975, 1975—1976, 1983—1986-yillarda mahbus boʻlgan va 1979—1982-yillarda Yakutiyada boʻlinmada xizmat qilgan. SSSRda inson huquqlarini himoya qilish tashabbuskor guruhining asoschilaridan biri va aʼzosi. Ukraina mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin Jemilev Ukraindagi siyosiy jaroyonlarga qoʻshildi. 1998-yildan — Ukrainaning III, IV, V, VI, VII, VIII va IX chaqiriq xalq deputati, bir necha oʻnlab qonun loyihalari muallifi, Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari, milliy ozchiliklar va millatlararo munosabatlar qoʻmitasi aʼzosi (1998-yildan), deportatsiya qilingan xalqlar, milliy ozchiliklar va siyosiy qatagʻon qurbonlari masalalari boʻyicha qoʻmita raisi (2003—2007), etnosiyosat, Ukrainadagi mahalliy xalqlari va milliy ozchiliklarining huquqlari, siyosiy qatagʻon qurbonlari boʻyicha quyi qoʻmita raisi (2012-yil dekabrdan) vazifalarini bajargan.
2014-yilgi Qrim voqealari paytida Jemilev Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlagan va Qrimning maqomi boʻyicha referendumni tan olmadi. 2015-yil oxirida u yarimorol blokadasi tashkilotchilaridan biri sifatida harakat qildiDjemilev nazval sel i sroki blokadi Krima . // UNIAN, 22.09.2015..
Biografiya Mustafo Jemilev 1943-yil 13-noyabrda Qrimning nemislar tomonidan bosib olinishi davrida Qrim ASSRning Sudak viloyatidagi Ay-Serez (hozirgi Mesopotamiya) qishlogʻida tugʻilgan.
1944-yil 18-mayda Jemilevlar oilasi butun Qrim-tatar xalqi bilan birgalikda Qrimdan Oʻzbekiston SSRga deportatsiya qilindi. Jemilev oʻn ikki yoshigacha oilasi bilan Andijon viloyatida maʼmuriy nazorat ostida yashagan. 1955-yilda ular Andijon shahriga koʻchib oʻtadilar, keyingi yili esa oliasi bilan Mirzachoʻlga (hozirgi Guliston shahriga) koʻchib keladi. Mustafo 1959-yilda oʻrta maktabni tugatib, Oʻrta Osiyo davlat universitetining Sharq fakultetiga (boshqa maʼlumotlarga koʻra, arab tili va adabiyoti fakulteti) oʻqishga kirishga harakat qildi, biroq qrim tatarlarini oʻsha davrda universitetga qabul qilishda norasmiy taqiqlangani sababli, universitetga kirish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Universitetga kirish muvaffaqiytasiz yakunlangach keyinchalik Toshkentdagi aviasozlik zavodida tokar, mexanik keyinchalik esa elektromontyor boʻlib ishladi.
1962-yilda bir necha urinishdan soʻng Jemilev Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi muhandislari institutiga oʻqishga kirdi. 1965-yilda u „millatchi“ „XIII-XVIII asrlarda Qrimdagi turkiy madaniyatning qisqacha tarixiy tavsifi“ asari va Qrim tatarlarining deportatsiyasini tanqid qilgani uchun oʻqishdan haydalgan.
1966-yil may oyida u harbiy hizmatga chaqirildi, ammo xizmat qilishdan bosh tortdi va buning uchun 1,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, 1967-yil noyabr oyida ozod qilindi.
Inson huquqlari boʻyicha faoliyat 1969-yilda yangi tashkil etilgan „SSSRda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tashabbus guruhi“ning asoschilaridan biri boʻldi.
1969-yil sentyabrida „Sovet davlati tuzmi va jamiyat hayotini obroʻsizlantiradigan hujjatlarni tuzgan va tarqatgan“lik aybi bilan hibsga olingan va 1970-yil 12-yanvarda Toshkent sudida uni 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
1972-yilda ozodlikka chiqgach, sovxozda muhandis boʻlib ishlagan.
1974-yil iyun oyida u harbiy tayyorgarlikdan boʻyin tovlaganlikda ayblanib, hibsga olinib, bir yilga ozodlikdan mahrum etildi. 1975-yilda qamoq muddati tugashiga uch kun qolganida mahkumlar orasida sovet davlati va jamiyat tuzumini obroʻsizlantiradigan uydirmalarni tarqatish aybi bilan unga qarshi yangi jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Norozilik sifatida u ochlik eʼlon qildi, ammo naycha orqali majburan oziqlantirilgan xolatida bu oʻn oy davom etdi. 1976-yil aprel oyida Omsk viloyat sudi uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu sud jarayoni Andrey Saxarov xotiralari kitobida tasvirlanganShestoy protsess Mustafi Djemileva: Materiali sledstviya i zapis sudebnogo protsessa 1983—1984 gg. (g. Tashkent). — Simferopol : Fond „Krim“, 2001..
1977-yil dekabr oyida ozodlikka chiqib, Toshkent shahrida yashagan.
1979-yil fevral oyida u jamiyatdagi maʼmuriy nazorat qoidalarini qasddan buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. U toʻrt yilga Yakutiya surgunga hukm qilindi.
1983-yil fevral oyida u surgundan ozod qilindi va xotini va bolasi bilan Qrimga koʻchib oʻtdi, lekin uch kundan keyin u yerdan ham haydalib, Yangiyoʻl shahriga kelib yashadi, mexanik sifatida faoliyat olib boradi. U Musa Mamut nomidagi Qrim tatarlari tashabbus guruhining noqonuniy axborot byulleteni nashr qilishni boshladi.
1983-yil noyabr oyida u beshinchi marta hibsga olindi va sovet davlat tuzumini obroʻsizlantiradigan hujjatlarni toʻplash va tarqatish, shuningdek, Qrimda oʻlgan otasini dafn etishga urinayotganda tartibsizliklarni rejalashtirish va uyushtirishda ayblangan. Toshkent viloyati sudi tomonidan u 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 1986-yilda unga nisbatan qamoqda saqlash joylari maʼmuriyatining qonuniy talablariga qasddan boʻysunmaslik aybi bilan yangi jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 1986-yil dekabr oyida Magadan viloyati, Uptar qishlogʻida boʻlib oʻtgan sudda u uch yil shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va sud zalidan ozod qilindi.
1987-yil aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Qrim-tatar milliy harakati tashabbus guruhlarining birinchi Butunittifoq konferensiyasida u harakatning markaziy tashabbus guruhiga saylandi.
NDKT va OKND oʻrtasidagi qarama-qarshilik Yuriy Bekirovich Osmonov boshchiligidagi Qrim tatarlarining ancha konservativ Milliy harakati va Mustafo Jemilev boshchiligidagi OKND guruhlari oʻrtasida jiddiy, fundamental kelishmovchiliklar mavjud edi. NDKT Leninning 1921-yilgi farmoni bilan Qrim ASSR milliy davlatchiligini tiklashdan manfaatdor edi va SSSR partiya va davlat rahbariyatining yordamiga umid bogʻladi, OKND esa sovet tuzumiga keskin qarshilik koʻrsatdi va oʻz milliy davlatchiligini yaratishga umid qildi. Bu kelishmovchiliklar birinchi navbatda milliy harakatning boʻlinishiga, soʻngra 1991-yildan soʻng milliy harakatning siyosiy maydondan deyarli yoʻq qilinishiga olib keldiChervonnaya S. M. Krimskotatarskoe natsionalnoe dvijenie (1994—1996) // tatar-history.narod.ruNDKT dobivaetsya prisvoeniya „tatarskomu VUZu“ imeni Yuriya Osmanova. Nelegalniy medjlis protiv? // 19.05.2013.
Milliy kurashning maqsad va usullari haqida ikki yetakchining qarashlari butunlay boshqacha edi. OKND zudlik bilan millatchilik mafkurasini qabul qilib, radikal harakatlarga kirishdi. Qrimdagi yerlarni egallab olishga tayyorgarlik koʻrish, hokimiyat va huquqni muhofaza qilish organlariga qarshi turish va hokazo amalga oshirish zarur edi. Qurultoyda shuningdek Qrimda Qrim tatarlarining milliy davlatini yaratishni yakuniy maqsad deb eʼlon qildi, barcha yer va suvlar faqat Qrim-tatar xalqining mulki ekanligini taʼkidladi va aslida Qrimning boshqa barcha aholisini noqonuniy musofirlar va ikkinchi darajali fuqarolar deb hisoblashdi. Qurultoy harakatni boshqaradigan maxsus organ — Qrimning millatchi hukumati sifatida harakat qila boshlagan Qrim-tatar xalqi majlisini tuzdi. NDKT, aksincha, Qrim-tatarlarning tarixiy vatanlariga qaytishi xalq uchun yangi fojiaga aylanib qolmasligi, qonli toʻqnashuvni qoʻzgʻatmasligi uchun yoʻl topishga harakat qildi. Yuriy Osmonov radikal muxoliflarni bir lahzalik siyosiy muvaffaqiyatga intilayotganlikda aybladi, buning natijasida qrim tatarlari oʻz yerlarida chaqirilmagan mehmonga aylanishi mumkinligini hisobga olgan edi. U OKNDdagi raqiblari oʻz xalqining kelajagi haqida qaygʻurishdan koʻra koʻproq hokimiyatga oʻrnashish va foyda olish istagida ekanligiga amin edi.
Ikki rahbar va ularning tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqaradigan ya na bir holat bor edi: Osmonov Jemilevni KGB agenti deb hisoblagan va bu harakatni parchalash va yoʻq qilish uchun kiritilgan va shuning uchun har qanday imkoniyatda „provokator“ni fosh qilishga harakat qilgan. Majlis tarafdorlari ham tushkinlikk tushib qolmay, Osmonovning ruhiy kasal ekanlig haqida mish-mish tarqatishdi. Ayni paytda Jemilev harakatning radikal qanoti rahbari sifatida nafaqat Qrim tatarlarining katta qismidan, balki Gʻarbda — ayniqsa Turkiya tarafidan ham qoʻllab-quvvatlandi va u yerda milliy qahramon sifatida qabul qilindi. Jemilev sharafiga turk shaharlarining maydonlari va koʻchalari nomlandi va u uzoq vaqt davomida butun dunyo uchun Qrim-tatar harakatining yagona ramzi edi.
1990-yil oktyabr oyida Yuriy Osmonov Qrim viloyat ijroiya qoʻmitasining deportatsiya qilingan xalqlar qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi (hozirgi Reskomnatlarning prototipi). Osmanov qoʻmatini aslida noldan tashkil topishida himat qildi va faoliyatni boshlashida muhim oʻrin tutdi. Yuriy Osmonovning Qrimdagi siyosiy faoliyati unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. U Qrim rahbariyati bilan kelgan qrim tatarlarini joylashtirish boʻyicha kelisha olmadi. 1991-yil mart oyida u Qrim maʼmurlari Qrim tatarlarini Qrimga deportatsiya qilingan joylardan qaytarish uchun SSSR byudjetidan ajratilgan mablagʻlarni suiisteʼmol qilishiga qarshi chiqqani uchun Deportatsiya qilingan xalqlar ishlari boʻyicha qoʻmitadan chetlashtirildi.
Jamoat va siyosiy faoliyat right|thumb| Mustafo Jemilev Ukraina Oliy Radasida, V. Chuprina surati, 2014-yil 1989-yilda Jemilev va uning oilasi Qrimga, Boqchasaroy shahriga qaytib keldi. Bundan sal avval u sirtdan Qrim-tatar milliy harakati (OKND) tashkiloti markaziy kengashining raisi etib saylangan edi. 1991-yil iyun oyida mahalliy hokimiyat koʻmagida Qrim-tatar xalqining Qurultoyi chaqirildi. Shu bilan birga, ushbu tashkilotning prezidiumi (ijro etuvchi organi) ham saylandi. 2013-yil noyabrigacha Qrim-tatar xalqi Majlisini Mustafo Jemilev boshqargan. Majlis rahbari sifatida u Qrimda yashovchi qrim-tatarlar orasidagi muxoliflarga, xususan, Milli Firka va Qrim tatarlari milliy harakati (NDKT) faollari hisoblangan Ismoil Gasprinskiy tarafdorlariMusafirova, O. „Mustafa, sinok, proshu tebya — prekrati…“ // Novaya gazetaMustafa Djemilev ne dostoin Nobelevskoy premii mira. Otkritoe pismo veteranov Natsionalnogo dvijeniya krimskix tatar v Nobelevskiy komitet // 19.09.2011 bilan ham kurashgan.
1990-yillarning oʻrtalarida Jemilev Ukraina Xalq Ruxi partiyasi (NRU) bilan yaqin aloqalar oʻrnatdi. 1998-yilgi parlament saylovlarida NRU partiya roʻyxati boʻicha Ukraina Oliy Radasining xalq deputati etib saylangan. 2002-yilgi saylovlarda Jemilev „Bizning Ukraina“ blokining saylov roʻyxati boʻyicha parlamentga kirdi, unga „Xalq Ruxi“ partiyasi ham kiradi. 2006-yilgi Ukraina parlament saylovlarida u yana „Bizning Ukraina“ partiyasidan Ukraina Oliy Radasining deputati boʻldi. 2007-yilgi saylovlarda Jemilev „Bizning Ukraina — Oʻzini oʻzi mudofaa“ xalq blokining saylov roʻyxati boʻyicha parlamentga saylandi. 2012-yilgi saylovlarda u „Batkivshchina“ partiyasi roʻyxati boʻyicha parlamentga kirdi va u yerda partiyasizlar roʻyxatiga safiga qoʻshildi. Ukraina Oliy Radasida u oʻzini armanlar genotsidini inkor etishning murosasiz tarafdori sifatida koʻrsatdi, xususan, armanlar genotsidini Oliy Rada orqali tan olish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishga urinishni keskin tanqid qildiVerxovnaya rada otritsaet genotsid armyan // lenta.ru, 30 iyulya 2013.
2000-yillarning oʻrtalaridan beri u oʻzini Majlis rahbari lavozimidan ketish istagi haqida bir necha bor matbuotda gapirgan, ammo 2007-yildagi navbatdagi Qurultoyda isteʼfoga chiqishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, sababi oʻzining va tarafdorlarini qoniqtirgan yagona nomzod edi. Jamilevdan soʻng Refat Chubarov 2013-yilning noyabr oyidan buyon parlament raisi lavozimida ishlab kelmoqda.