Aleksandr Stepanovich Shmarikov (1961-yil 1-yanvar, Qozoq SSR, Djambul, SSSR) — sovet va qozoq futbolchisi.
Biografiya Qaratau futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U Jambulning „Ximik“ va Chimkentning „Melliorator“ jamoalarida hujumchi sifatida oʻynagan. 1985—1987-yillarda Chimkentning „Meliorator“ klubida oʻynab, bir qancha muhim gollar muallifiga aylangan. 1988 yilda u oʻzining tugʻilgan klubiga qaytdi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda Oʻzbekiston SSRning „Avtomobilist“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 1996-yili „SKIF-Ordabasi“ klubida bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng faoliyatini yakunladi.
1993-yil „Taraz“ jamoasi safida Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari (28 gol) boʻldi. U faoliyati davomida 113 ta kiritgan goli bilan Qozogʻistonning eng yaxshi 100 ta (G100) toʻpurarlari klubiga kiritilgan.
Yutuqlar
Qozog‘iston kubogi finalchisi: 1992, 1993 Qozogʻiston chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 1995
Manbalar
Havolalar
Qozogʻiston toʻpurarlari klubi -da Arxivnaya kopiya footbook.ru saytidagi profil Profil Footballfactsru saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:SKIF-Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:FC Jiger futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar