Dmitriy Viktorovich Batinkov (1970-yil 7-may, Moskva, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati Moskva futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1987-yilda u Moskvaning „Torpedo“ jamoasida yoshlar jamoalari musobaqalarida ishtirok etgan.
1988-yildan 1991-yilgacha Batinkov dastlab Moskvaning „Dinamo“ jamoasida keyinchalik esa „Dinamo-2“ farm jamoasida toʻp surgan. Batinkov „oq-koʻklar“ning asosiy tarkibida faqat bir marta oʻynadi: 1991-yil 24-iyulda SSSR chempionatida u Dushanbening „Pomir“ jamoasi bilan oʻyinning 66-daqiqasida Igor Kolivanovni oʻrniga maydongga tushdi.
1992-yil Rossiya chempionatida Dinamo Moskvaning farm jamoasi Dinamo-D jamoasi safida toʻp surdi. Keyingi mavsumdan Batinkov ikki yil davomida Rossiya Premyer-ligasida Stavropolning „Dinamo“ jamoasida, keyinchalik esa Birinchi ligada „Shinnik“ jamoasi tarkibida oʻynadi. 1995-yilda O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasiga o‘tdi. Namanganliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surib, 1996-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempioni unvoniga ega boʻldi. Batinkov „Navbahor“ jamoasi safida 72 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va chempionlik mavsumida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylandi.
3 yildan soʻng Oʻzbekistondan Rossiyaga qaytib keldi va ikkinchi liga klublari, „Noginsk avtomobilist“, „Severstal“, „Vidnoe“ va „Reutov“, shuningdek, Armanistonning „Mika“ jamoalarida toʻp surdi„MIKA“ V ChYeMPIONATAX ARMYeNII. Professional faoliyatini yakunlaganidan soʻng, bir qator havaskor jamoalarda ham o‘ynadi.
Yutuqlar
O‘zbekiston chempioni: 1996
Manbalar
Havolalar
Turkum:7-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar