Odiljon Obidovich Aslonov (1995-yil 5-iyun, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) – oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengil vazn toifalarida ishtirok etgan oʻzbek havaskor va professional bokschisi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2022), ikki karra Oʻzbekiston chempioni (2019, 2021), Oʻzbekiston chempionatining koʻp karra kumush medali sovrindori, xalqaro va milliy musobaqalarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori havaskorlar turnirlari qatnashchisi.

BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiya 189-oʻrin (2022-yil noyabr) va oʻzbek superoʻrta vazn toifasidagi bokschilar orasida 3-oʻrinda boʻlib, dunyoning eng yaxshi superoʻrta vazn toifasidagi TOP-190 bokschilari qatoriga kiradi.

Tarjimai holi Odiljon Aslonov 1995-yil 5-iyunda Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan.

Havaskorlik faoliyati Yaqin atrofda oʻsmirlar sport maktabi joylashgan maktabda oʻqiganligi sababli 10 yoshida boks seksiyasi murabbiyi Hamza Avezov huzuriga kelgan. Yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida qatnashib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan, soʻngra Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga qoʻshilgan va bu yerda Ravshan Xoʻjayev qoʻl ostida shugʻullangan. 2015-yilda yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi boʻldi, shundan soʻng Oʻzbekiston kattalar terma jamoasiga oʻtgan va oʻsha yili kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan. 2015―2018-yillarda Oʻzbekiston chempionatining uch karra kumush medali sohibi.

2018―2020-yillar 2018-yilda esa 75 kg vazn toifasida finalda tajribali Fanat Qahramonovga yutqazib, uchinchi marta Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻldi.

2019-yilning noyabr oyida 75 kg vazn toifasida finalda hakamlarning ikkiga boʻlingan qaroriga koʻra (hisob: 3:2) yakunda tajribali Fanat Qahramonovni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Va oʻsha yili Rossiyaning „Patriot“ promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.

2020-yilning noyabr oyida 75 kg vazn toifasida finalda Saidjamshid Jafarovga yutqazib, yana Oʻzbekiston chempionatining kumush medali sohibiga aylangan.

2021―2022-yillar 2021-yil noyabr oyi boshida Belgradda (Serbiya) yengil vazn toifasida (80 kg gacha) jahon chempionatida qatnashgan. 1/16 finalda koʻpchilik hakamlar qarori bilan ochkolar boʻyicha (hisob: 4:1) italiyalik Simone Fiori ni magʻlub etgan, ammo keyin 1/8 finalda – ochkolar boʻyicha raqobatbardosh jangda (hisob: 2:3) 2021-yilgi jahon chempioniga aylangan amerikalik Robby Gonsalezga yutqazgan.

2021-yilning dekabr oyida 81 kg vazn toifasida finalda tajribali Dilshodbek Roʻzmetovni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

2022-yil fevral oyida 80 kilogrammgacha vazn toifasida gʻolib boʻlgan. Sofiya (Bolgariya) shahrida boʻlib oʻtgan finalda bolgariyalik tajribali bokschi Kristian Nikolovni ochkolar boʻyicha magʻlub etgan.

2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining 80 kg vazn toifasida kumush medali sovrindori boʻlgan va finalda tajribali iordaniyalik Husayn Ishayshga yutqazib qoʻygan.

2022-yilning dekabr oyida yana 80 kg vaznda Dilshodbek Roʻzmetovni finalda magʻlub etib, yana Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

Professional faoliyati 2019-yilning 21-dekabr kuni Krasnoyarskda (Rossiya) professional ringdagi debyutini 2-oʻrta vaznda, tajribali rossiyalik Varazdat Chernikovni (11-14) 2-raundda texnik nokautga uchratib, gʻolib boʻlgan.

2022-yil 6-avgustda Yekaterinburgda (Rossiya) rossiyalik Nikita Zon (4:0) bilan oʻta raqobatbardosh jang oʻtkazgan (hisob: 76-76).

Professional janglari statistikasi

3 jang, 2 gʻalaba (1 nokaut), 1 durang. Jang Natija Jang sanasi Raqib Jang oʻtkazilgan joy davralar, vaqt Qoʻshimcha 3 2-0-1 2022-yil 6-avgustNikita Zon (4:0) PTS 8 2 2-0 2020-yil 1-fevral Dmitriy Atroxov (16-6) UD6 1 1-0 2019-yil 21-dekabrVarazdat Chernikov (11-14) TKO 2

Manbalar

Havolalar

Odiljon Aslonov – Sports.kz Odiljon Aslonov – Tapology.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:WSB bokschilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari