Arsen Vyacheslavovich Tlexugov (1976-yil 3-noyabr, Urux, Kabarda-Bolqor Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi) — rossiyalik va qozogʻistonlik futbolchi, 2001-yilgi Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi, 2001-yil, 2004-yilgi Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi hujumchisi.

Yoshligi 1976-yil 3-noyabrda Kabarda-Bolqor Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Lesken tumani Urux qishlogʻida tugʻilgan. 1994-yil quyi liganing „Avtozapchast“ klubida oʻz faoliyatini boshlagan. Soʻng „Spartak“, „Nart“, „Lokomotiv“ kabi klublarda toʻp surgan. Faoliyati 2001-yili Rossiyaning quyi ligalari klublarida toʻp surgan, Ostonaning „Jengis“ klubiga oʻtgan. U 2001 yilgi mavsumni ajoyib tarzda oʻtkazdi va eng yaxshi toʻp tepuvchi va eng yaxshi futbolchi deb topildi. 2003-yilda „Qayrat“ jamoasiga oʻtganidan keyin ham yaxshi oʻyin ifodalari bilan ajralib turgan va „Tlexugovni terma jamoaga taklif qilish“ haqidagi gʻoyalar koʻtarila boshlagan. Shu sababdan Tlexugov Qozog‘iston fuqaroligini olgan. 2004-yilda milliy terma jamoa ustozi Leonid Paxomov Olmaotada Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida futbolchini maydonga tushirgan. Bu oʻyinda Qozogʻiston 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan va Paxomov darhol isteʼfoga chiqqan. Shundan soʻng Tlexugovni terma jamoaga hech kim taklif qilmagan.

2003―2006-yillarda „Qayrat“ klubida oʻynagan Tlexugov poytaxt klubiga qaytgan. Lekin zaxira oʻrindiʼgi tarkibida qolib ketdi. 2008-yilgi mavsumda Oʻzbekistonning „Buxoro“ klubiga oʻtgan, ammo bu yerda umuman maydonga tushmagan va shu yili 32 yoshida faoliyatini yakunlagan.

Yutuqlari Qozogʻiston chempioni: 2001, 2004

Qozog‘iston kubogi: 2002, 2003

Qozogʻistonning eng yaxshi futbolchisi: 2001

Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi hujumchisi: 2001, 2004

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FK Avtozapchast futbolchilari Turkum:PFC Spartak Nalchik futbolchilari Turkum:Spartak-D Nalchik jamoasi futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:FC Kristall Smolensk futbolchilari Turkum:FC Jenis klubi futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari