Nemolchi.uz (, , ; 2017-yilda tashkil etilgan) — Oʻzbekistonda yuz berayotgan ayollarga nisbatan zoʻravonlik harakatlariga qarshi kurashuvchi feministik loyiha. Loyiha asoschisi va direktori — Irina Matviyenko. Nemolchi.uz nodavlat notijorat tashkiloti emas, balki matbuot nashridir. 2017-yildan beri shov-shuvlarga sabab boʻlgan bir qancha voqea-hodisalar tafsilotini ochiqlab borishi ortidan xalqaro darajada mashhurllikka erishgan.
Tarixi Nemolchi.uz, dastlab 2017-yilda Facebook ijtimoiy tarmogʻida oʻz faoliyatini boshlagan. Loyihaning asosiy vazifasi Oʻzbekistonda ayollar huquqlari haqida odamlarning xabardorligini oshirishdan iborat. Loyihaga murojaat etuvchilarning aksari ayollarni tashkil etadi.
Nemolchi.uz NNT sifatida roʻyxatdan oʻtmagan. Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish oson emas, bundan tashqari, NNT ishi qattiq nazorat qilinadi. Nemolchi.uz sayti matbuot xizmati sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Ushbu loyihada 10 nafar koʻngilli faoliyat yuritadi (2022-yil).
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan mamlakatda qiynoqqa solish, jismoniy va ruhiy zoʻravonlik bilan bogʻliq moddalar boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyatlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotni berishini iltimos qilgan. Biroq, vazirlik bu kabi maʼlumotlarni ulashish maqsadga muvofiq emas deb hisoblagan.
Nomlanishi Loyiha asoschining taʼkidlashicha, Oʻzbekistondagi 2017-yilgi islohotlar koʻlami ayollar huquqlarini himoyalash jarayonlarini qamrab olmagan. 2019-yilgi islohotlar davomida esa ayollar masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. Shu sababli, uning oʻzi ayollar huquqlari himoyasi uchun harakat qilishni va ushbu loyihani tashkil etishni xohlaydi. Nemolchi.uz uning fikriga kelgan birinchi nom boʻlgan va shu nomni tanlagan.
Asoschisi
Irina Aleksandrovna Matviyenko — oʻzbekistonlik jurnalist, jamoatchilik faoli, bloger, ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida hikoya qiluvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi. Oʻzbekistonda sodir etilayotgan ayollarga qarshi zoʻravonliklarga qarshi harakat qiluvchi huquq himoyachisi. NeMolchi.uz loyihasi ortidan bir necha oʻlim tahdirlari nishoniga aylangan. Shu bois, bloger Oʻzbekistonni tark etadi hamda Gruziyada yashashga qaror qiladi. Ozodlik.orgga bergan intervyusida Oʻzbekistonga qachondir qaytishini taʼkidlaydi.
Manbalar
Havolalar
Nemolchi.uz Telegramda Nemolchi.uz Facebookda
Turkum:Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik O‘zbekistonda Turkum:Gender tengligiga aloqador maqolalar Turkum:Feminizm