ISO 3166 – Davlatlar va qaram hududlarning kod belgilarini belgilaydigan xalqaro ISO standarti; shuningdek, davlatlar ichidagi asosiy maʼmuriy tuzilmalar. Quyidagi qismlardan iborat: ISO 3166-1 – davlatlar va qaram hudud kodlari ISO 3166-1 alpha-2 – ikki harfli ISO 3166-1 alpha-3 – uch harfli ISO 3166-1 numeric – raqamli ISO 3166-2 – davlatlar ichidagi maʼmuriy tuzilmalar kodlari (viloyatlar, shtatlar, provinsiyalar va boshqalar) ISO 3166-3 – tugatilgan davlatlar kodlari (birlashish, boʻlinish, nom oʻzgarish va boshqalar). Ikki harfli ISO 3166-1 alfa-2 kodlari ICANN tomonidan mamlakat kodini yuqori darajadagi domen nomlarini belgilash uchun ishlatiladi.

ISO 3166-1 roʻyxati

Mamlakat kodi 2 harfli yuqori darajadagi domen maʼlumotlar bazasi ISO 3166 Maintenance Agency tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatlar roʻyxatidan tuzilgan. IANA yangi ccTLD ni uning kodi ISO 3166-1 roʻyxatida paydo boʻlgandan keyingina yaratadi.

Ushbu roʻyxat boshqa maqsadlarda ham keng qoʻllanadi, chunki u uchun mamlakat tanlash jarayoni siyosiy jihatdan neytral tamoyillardan foydalanadi.

ISO 3166-2 roʻyxati

ISO 3166-2 ikkinchi darajali maʼmuriy boʻlinmalar bilan bogʻliq. Masalan, Rossiyaning Chelyabinsk viloyati RU-CHE deb belgilangan.

Yana qarang GOST 7.67 – Mamlakat nomlari kodlari va Dunyo mamlakatlarining Butunrossiya tasniflagichi ISO 639 – GOST 7.75-97 ‘‘Tillar nomlari uchun kodlar,, ga muvofiq tillar nomlari kodlari va tillar uchun kodlar ISO 4217 – valyuta kodlari va Valyutalarning Butunrossiya tasniflagichi XOQ kodlari roʻyxati – mamlakatlarning uch harfli belgilari ushbu roʻyxatdan bir oz farq qiladi.

Havolalar

Turkum:ISO standartlari