Mamadmuso Mamadazimov (1942-yil, Xovos tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik astronom olim, pedagogika fanlar doktori (2005), professor (2007). Biografiyasi Mamadmuso Mamadazimov 1942-yil Toshkent viloyati, Xovos tumani, Balandchaqir qishlogʻida (hozirgi Jizzax viloyati, Yangiobod tumani markazi) tugʻilgan. 1948—1958-yillarda qishloqdagi Alisher Navoiy nomidagi 1-maktabda oʻqigan. 1958—1963-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida tahsil olgan. 1963—1966-yillarda oʻzi oʻqiga maktabda matematika va astronomiyadan dars beradi. Dastlab Toshkent Astronomiya institutida tadqiqotlar olib boradi, so‘ng Leningradga SSSR Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya observatoriyasiga stajyor-tadqiqotchisi sifatida oʻqishga jo‘natiladi. 1971-yilda „Quyosh dog‘larining yarim soyasida plazma harakatining nozik strukturasi“ mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan, 2005-yilda mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlar doktori ilmiy darajasini olgan. 2007-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1971—1985-yillari Toshkent davlat pedagogika instituti Nazariy fizika kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, 1985—1989-yillarda kagedra mudiri, 1989—1990-yillarda oshkent davlat universiteti Astronomiya kafedrasi oʻqituvchisi vazifasida ishlagan, 1997-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika-matematika fakultetining Umumiy fizika kafedrasi mudiri. Mamadmuso Mamadazimov fizika va astronomiya oid darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop risolalar va 200 ga yaqin maqolalar, shuningdek, „Dumli yulduzlar“ (1981), „Tanishing yulduzlar“ (1987), „Yer hammamiz uchun yagona uy“, „Kosmik kelgindilar va uchar tarelkalar“, „Ulug‘bek va uning rasadxonasi“ kitoblari muallifi. Unvon va mukofotlari „Xalq maorifi a’lochisi“ koʻkrak nishoni (1978); „O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi a’lochisi“ koʻkrak nishoni (2015); Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2019).

Manbalar

Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent viloyatida tugʻilganlar Turkum:Astronomlar Turkum:Professorlar Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari