Maxmatrasuljon Joʻrayev (1948-yil 17-aprel, Oʻsh shahri, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (1993), professor (1998). Biografiyasi Maxmatrasuljon Joʻrayev 1948-yil 17-aprel Oʻsh shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. 1965-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan va 1969-yili fizika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. Oʻqishni bitirgach 1969—1992-yillarda ushbu fakultetdagi nazariy fizika kafedrasi oʻqituvchisi, 1992—1998-yillarda fizika fakulteti dekani, 1998—2007-yillarda Qirgʻizistondagi „Qirgʻiz-oʻzbek“ universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani va „Qirgʻiz-oʻzbek“ universitetining pedagogika institutin direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2007-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati 1985-yilda Chelyabinsk pedagogika institutida mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va pedagogika fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1988-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1993-yilda mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1998-yilda professor unvonini olgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Dekanlar