„English Collocations in Use Advanced“ („Amaldagi inglizcha kollokatsiyalar: Yetuk [darajadagi talablar uchun]“) — ingliz tili kollokatsiyalari boʻyicha Felicity O'Dell hamda Michael McCarthy qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2008-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2017-yil ayni nashriyotda asarning ikkinchi nashri bosilib chiqqan.
Asarga kiritilgan kollokatsiyalarni tanlab olishda mualliflar Nottingham universiteti bilan Kembrij universiteti nashriyoti hamkorlikda tuzgan va millionlab soʻz va soʻz biriklmalarini oʻz ichiga oluvchi CANCODE til korpusiga tayangan. „Advanced Collocations in Use“ oʻquvchilar va munaqqidlar tomonidan ijobiy baholandi. Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan va IELTS hamda TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllanadi.
Yana qarang „English Vocabulary in Use Advanced“ „English Collocations in Use“ „English Collocations in Use Intermediate“
Manbalar
Havolalar „English Collocations in Use Advanced“ Cambdridge universiteti nashriyoti saytida
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar