Muhammad Bazoum (; tugʻ.: 1960-yil 1-yanvar) — nigerlik siyosatchi, 2021–2023-yillar orasida Nigerning 10-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2020–2021-yillardagi prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonib, muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishidan soʻng, 2021-yil aprel oyida bu lavozimga kirishgan. 2023-yil iyul oyida roʻy bergan prezident gvardiyasi va qurolli kuchlar boshchiligidagi davlat toʻntarishidan soʻng lavozimidan chetlatilgan.

Prezidentlik kursisiga kelishidan avval Niger demokratiya va sotsializm partiyasi (PNDS-Tarayya) raisi boʻlib ishlagan. 1995–1996- hamda 2011–2016-yillarda tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yilda qisqa muddat davomida hukumat rahbari — bosh vazir boʻlgan, keyinroq 2016-yildan to 2021-yilda prezident etib saylangunga qadar ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. Shundan soʻng 2020–2021-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga eʼtibor qaratish maqsadida isteʼfoga chiqqan. Bazoum prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida sobiq prezident Mahaman Usmonga qarshi 55,67% ovoz bilan gʻalaba qozongan edi. Bazoum sunniy musulmon boʻlib, Nigerning birinchi arab (Diffa arablari) prezidenti hisoblanadi.

Prezidentlik davri left|thumb|220px|Bazoum AQSh Davlat kotibi Antony Blinken bilan (2022-yil sentyabr) Bazoum Niger hukumatining yuqori martabali aʼzosi sifatida 2020–2021-yilgi Niger prezidentlik saylovlarida oʻz partiyasi nomidan Issoufouning oʻrniga prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatiladi. Uning prezidentlik kompaniyasi Nigerdagi demografik muammolarni oilalar sonini cheklash hamda qizlarga koʻproq taʼlim berish orqali savodxonlik va gender tengligini oshirish orqali hal qilish kabi gʻoyalarga qaratilgan edi„Niger: Election just the start of challenges for new president“, DW, 22 December 2020.. Bazoum, shuningdek, Nigerdagi IShID isyonkorlarini nishonga olishga, qoʻshni Maliga bu jarayonda yordam berishga, davlat mudofaasi va xavfsizligini mustahkamlashga va mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurashishga vaʼda bergan. 2020-yil 27-dekabrda boʻlib oʻtgan saylovning birinchi bosqichida atigi 39,30% ovoz toʻplagan„Niger presidential election heads to February runoff“, Al Jazeera, 2 January 2021.. Biroq, 2021-yil fevralida 55,67% ovoz bilan ikkinchi bosqich saylovlarida gʻalaba qozondi va 2-aprel sanasida prezident sifatida qasamyod qiladi. Uning gʻalabasi rasman 21-mart kuni tasdiqlandi„Mohamed Bazoum sworn in as Niger’s president amid tensions“, Al Jazeera, 2 April 2021.. Bazoum 2022-yil dekabr oyida Gʻarbiy Afrika Iqtisodiy va valyuta ittifoqining (inglizcha qisqartmasi: UEMOA) amaldagi prezidenti sifatida tashkilotga aʼzo davlat va hukumat rahbarlarining Abidjan shahrida boʻlib oʻtgan 23-odatdagi sammitida tayinlanadi.

Davlat toʻntarishi

2023-yil 26-iyulda general Abdurahmon Chiyani qoʻmondonligidagi Prezident gvardiyasi askarlari Bazoumni agʻdarish maqsadida prezident saroyini blokirovka qilishdi. Toʻntarish Afrika Ittifoqi va G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) tomonidan qoralandi. ECOWAS fitnachilardan Bazoumni zudlik bilan ozod qilishni talab qilishdi. 2023-yil 13 avgustda Niger hukumati "vakolatli milliy va xalqaro hokimiyat organlari Muhammad Bazoum va uning mahalliy va xorijiy sheriklarini davlatga xiyonat qilish va Nigerning ichki va tashqi xavfsizligiga putur etkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortmoqchi" ekanligini e'lon qildi.. 2023-yil 30-noyabrda Muhammad Bazoumning oilasi 2023-yil 18-oktabrdan beri u bilan aloqada bo‘lmaganliklarini da’vo qilishdi va ulardan ba’zilarini nishonga olgan “qo‘pol hibsga olish va tintuvlar”ni qoraladilar..

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Niger Turkum:Prezidentlar Turkum:Niger prezidentlari