1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari () – rasmiy ravishda I Olimpiada oʻyinlari (), shuningdek, Afina 1896 () nomlari bilan ataluvchi yangi tarixda oʻtkazilgan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlari. Fransuz aristokrati Pierre de Coubertin tomonidan tuzilgan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil etilgan ushbu o'yinlar 1896-yilning 6-aprelidan 15-apreliga qadar Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan.

Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 14 davlatdan (XOQ maʼlumotlariga koʻra, ushbu raqam turlicha talqin qilinishi mumkin) jami 241 nafar sportchi (ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida faqatgina erkak sportchilar ishtirok etishi mumkin boʻlgan; ushbu raqamlarning toʻgʻriligi borasida hanuzgacha bahs-munozaralar mavjud) ishtirok etgan. Musobaqada ishtirok etgan sportchilarning barchasi yevropaliklar yoki Yevropada istiqomat qiluvchi boshqa qitʼa vakillari boʻlishgan (Amerika Qoʻshma Shtatlari jamoasi bundan mustasno). Olimpiadada ishtirokchilarning 65% dan ortigʻini yunonlar tashkil etgan. Musobaqa gʻoliblari oʻyin soʻngida kumush medal bilan, ikkinchi oʻrin egalari esa mis medallar bilan taqdirlanishgan. Keyinchalik, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan ushbu qoidalarga oʻzgartirish kiritilgan va birinchi oʻrin sohiblari uchun oltin, ikkinchi oʻrin uchun kumush hamda uchinchi oʻrin egalari uchun bronza medallari bilan taqdirlash joriy etilgan. Musobaqaga oʻz sportchilarini yuborgan jami 14 davlatdan 10  tasi birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari safidan joy egallagan. Musobaqa soʻngida Amerika Qoʻshma Shtatlari umumiy hisobda 11 ta kumush medal bilan peshqadamlikka erishgan boʻlsa, mezbon davlat vakillari jami 47 ta medal bilan musobaqaning eng koʻp sovrinlarini qoʻlga kiritgan jamoa sifatida eʼtirof etilgan. Yunonlar uchun ilk Olimpiya oʻyinlaridagi eng asosiy yutuq – gretsiyalik Spyridon Louis tomonidan marafon yugurishi gʻolibligining qoʻlga kiritilishi boʻlgan. Shuningdek, Olimpiadaning eng muvaffaqiyatli ishtirokchisi nomiga nemis yunon-rum kurashchisi va gimnastikachisi Carl Schuhmann sazovor boʻlib, u musobaqaning jami toʻrtta yoʻnalishi boʻyicha gʻolib sportchiga aylangan.

1896-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish masalasi 1894-yilning 23-iyunida Coubertin tomonidan Parijda tashkil etilgan kongressda bir ovozdan tasdiqlangan, shuningdek, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi ham ilk bor mana shu kongress davomida tuzilgan, chunki Gretsiyada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqa yangi tarixdagi ilk Olimpiya oʻyinlari edi. Olimpiadaning asosiy oʻyinlar oʻtkaziladigan binosi sifatida „Panathenaic“ stadioni tanlanib, u yerda yengil atletika va yunon-rum kurashi sport turlari boʻyicha bahslar boʻlib oʻtgan. Boshqa sport turlari, jumladan, velosport uchun „Neo Phaliron Velodrome“ inshooti hamda qilichbozlik uchun Zappeion sport inshootlari tanlangan. Musobaqaning ochilish marosimi 6-aprel kuni „Panathenaic“ stadionida boʻlib oʻtgan, unda ishtirok etuvchi sportchilarning aksariyati millatlar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda maydonga tushishgan. Tashkiliy qoʻmita prezidenti – valiahd shahzoda Constantinening nutqidan soʻng, uning otasi qirol George I Olimpiada oʻyinlarini rasman ochib bergan. Shundan keyin, toʻqqizta guruhga boʻlingan jami 150 nafar xor xonandalari shoir Kostis Palamas soʻzi va Spyridon Samaras musiqasi asosida yaratilgan Olimpiada madhiyasini ijro etishgan.

1896-yilgi Olimpiada oʻyinlari sport tarixida erishilgan eng katta muvaffaqiyatlardan biri sifatida baholanadi va unga qadar oʻtkazilgan barcha sport musobaqalari ichida eng nufuzlisi deya tan olinadi. „Panathenaic“ stadioni ushbu sport musobaqalarini tomosha qilish uchun kelgan eng koʻp tomoshabinni oʻzida jamlagan majmuaga aylandiYoung (1996), 153. Oʻyinlardan soʻng, Coubertin va Xalqaro olimpiada qoʻmitasiga bir qancha taniqli shaxslar, jumladan, Gretsiya qiroli George I va baʼzi amerikalik sportchilar bundan keyingi barcha Olimpiada oʻyinlarining Afinada oʻtkazilishini soʻrab murojaat qilishgan. Biroq navbatdagi, yaʼni 1900-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining Parijda oʻtkazilishi Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan allaqachon rejalashtirilgan edi. Oradan 108 yil oʻtgach, 1906-yilgi navbatdan tashqari Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan tashqari 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari yana qayta Gretsiyada oʻtkazilgan.

Musobaqaga asos solinishi XIX asrda Yevropada kichik miqyosda oʻtkazilgan bir nechta sport festivallari ham oʻsha paytda qadimgi Olimpiya oʻyinlari nomi bilan atalgan. Jumladan, 1870-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun „Panathenaic“ stadioni qayta taʼmirlangan va musobaqa tomoshasi uchun 30 000 kishi ushbu stadionga tashrif buyurganThe Modern Olympics, A Struggle for Revival by David C. Young, Chapter 4. Keyinchalik, Pierre de Coubertin va fransiyalik pedagog, tarixchi, doktor William Penny Brookes koʻp millatli va koʻp turli sport musobaqasini tashkil etish gʻoyasini eʼlon qilgan, biroq oʻyinlarda faqat yunon millatiga mansub erkak sportchilarning ishtirok etishigagina ruxsat berilganBijkerk (2004), 457Toohey (2007), 20. 1890-yilda Coubertinning „La Revue Athletique“ jurnalida inglizlarning Shropshire grafligida joylashgan Much Wenlock shaharchasi haqidagi maqolasi chop etilgan. Aynan shu yerda 1850-yilning oktyabr oyida mahalliy shifokor William Penny Brookes Wenlock Olimpiya oʻyinlariga asos solgan, ushbu Olimpiada sport va dam olish festivali boʻlib, musobaqa kriket, futbol va halqani nishonga otish kabi yengil atletika va jamoaviy sport turlarini oʻz ichiga olganMullins, „Pierre de Coubertin and the Wenlock Olympian Games“. Coubertin, shuningdek, 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini tashkil etishda 1859, 1870 va 1875-yillarda tadbirkor va xayriya ishlarini amalga oshiruvchi Evangelis Zappas tomonidan Olimpiya oʻyinlari nomi ostida tashkil etilgan oldingi yunon oʻyinlaridan ham ilhomlanganMatthews (2005), 66; Young (1996), 81. 1896-yilgi Olimpiya oʻyinlari Evangelis Zappas va uning amakivachchasi Konstantinos ZappasningYoung (1996), p.117Memoire sure le conflit entre la Grece et la Roumanie concernant l’affaire Zappa – Athens 1893, by F. MartensL’affaire Zappa – Paris 1894, by G. Streit merosi hamda Gretsiya valiahd shahzodasi Constantinening iltimosi bilan „Panathenaic“ stadionining ikkinchi bor qayta taʼmirlanish ishlariga homiylik qilgan George AveroffYoung (1996), p.128 tomonidan moliyalashtirilgan. Gretsiya hukumati bundan qirq yil oldin taʼmirlash xarajatlari Evangelis Zappas tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan ushbu marmar stadionni qayta taʼmirlash ishlariga homiylik qilganYoung (1996), p.14.

1894-yil 18-iyunda Coubertin Fransiyaning Parij universitetida 11 mamlakat sport jamiyatlari vakillariga Yozgi Olimpiada oʻyinlari bilan bogʻliq rejalarini taqdim etish maqsadida kongress uyushtirgan. Uning ushbu musobaqani xalqaro miqyosda oʻtkazish taklifi kongress aʼzolari tomonidan qabul qilinganidan soʻng, dastlabki zamonaviy Yozgi Olimpiada oʻyinlarining oʻtkazilish sanasi tanlanishi kerak edi. Coubertin musobaqaning 1900-yilda Parijda tashkillashtiriladigan universal koʻrgazma bilan bir vaqtda oʻtkazilishini taklif qilgan. Biroq olti yillik kutish davri jamoatchilikning musobaqaga boʻlgan qiziqishini susaytirishi mumkinligidan xavotirlangan kongress aʼzolari ilk Olimpiya oʻyinlarining 1896-yilda oʻtkazilishini maʼqul deb topganlar. Musobaqa oʻtkazilish sanalari kelishib olinganidan soʻng, barcha kongress aʼzolari endilikda uning qayerda oʻtkazilishi borasidagi masalaga eʼtibor qaratdilar. Biroq ushbu kongress davomida ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarining qanday qilib Afina shahrida oʻtkazilishiga kelishilganligi hanuzgacha sir boʻlib qolmoqda. Oradan bir necha yillar oʻtib, Coubertin va Demetrius Vikelas kongressning rasmiy bayonnomalariga zid keladigan tanlov jarayoni haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar. Koʻpgina maʼlumotlarga koʻra, kongressning bir nechta aʼzolari Londonni ilk Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun har taraflama munosib joy deb taklif berishadi, ammo Coubertin ushbu fikrga qarshilik bildirgan. Kongressda ishtirok etuvchi gretsiyalik vakil Vikelas bilan qisqacha suhbatdan soʻng, Coubertin Afinani musobaqa oʻtkazish uchun qulay joy deya taklif bergan. Shundan soʻng, Vikelas 23-iyun kuni musobaqa uchun koʻrsatilgan Afina shahri nomzodligini rasmiylashtirgan va Gretsiya bundan oldingi kichik festival koʻrinishidagi Olimpiya oʻyinlarining ham asl vatani boʻlgani sababli kongress tomonidan ushbu qaror bir ovozdan maʼqullangan. Yangi tashkil etilgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasining (XOQ) birinchi prezidenti etib Demetrius Vikelas saylanganYoung (1996), 100-105.

Tashkiliy qoʻmita thumb|1896-yilgi ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun maxsus chiqarilgan markalardan biri Olimpiya oʻyinlarining Gretsiyada oʻtkazilishi haqidagi xabar Gretsiya jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari va qirollik oilasi tomonidan yaxshi qabul qilingan. Coubertinning soʻzlariga koʻra, valiahd shahzoda Constantine Olimpiya oʻyinlarining Afinada oʻtkazilishini katta mamnuniyat bilan qarshi olgan. Coubertin „qirol va valiahd shahzoda ushbu oʻyinlarni oʻtkazishda homiylik qilishlari“ga rozilik bildirishganini tasdiqlaydi. Keyinchalik, Constantine Yozgi Olimpiada oʻyinlarining oʻtkazilishi uchun yanada qattiqroq harakat qila boshlagan va 1896-yilgi tashkiliy qoʻmita raisligi faoliyatiga ishtiyoq bilan kirishganYoung (1996), 108.

Biroq mamlakat musobaqalarni oʻtkazish borasida turli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan va natijada, siyosiy notinchlik yuzaga kelgan. Ushbu moliyaviy va siyosiy beqarorlik tufayli bosh vazir Charilaos Trikoupis ham, bir qator milliy olimpiadalarni oʻtkazish ishlariga boshchilik qilgan Zappas Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Stephanos Dragumis ham Gretsiya ushbu musobaqani oʻtkaza olishiga shubha bilan qaray boshlashganYoung (1996), 111-118. 1894-yil oxirida Stephfanos Skouloudis boshchiligidagi tashkiliy qoʻmita oʻyinlar narxi Coubertin tomonidan taxmin qilinganidan uch baravar yuqori boʻlishi haqidagi hisobotni taqdim etgan. Natijada, ular Olimpiya oʻyinlarini Gretsiyada oʻtkazib boʻlmaydi, degan xulosaga kelishgan va oʻzlarining isteʼfoga chiqishlarini bildirishgan. Oʻsha paytda Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishning umumiy qiymati 3 740 000 oltin drahmani tashkil etganZarnowski (1992), 16-32. left|thumb| 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining muvaffaqiyatli oʻtkazilishida Xalqaro olimpiada qoʻmitasining birinchi prezidenti Demetrius Vikelasning saʼy-harakatlari eʼtirof etiladi. Olimpiya oʻyinlarining qayta tiklanish istiqboli katta shubha ostida qolganligi sababli, Coubertin va Vikelas Olimpiya harakatini saqlab qolish uchun yangidan kompaniya tuzgan holda harakatga kirishdilar. Ularning saʼy-harakatlari natijasida 1895-yilning 7-yanvarida Demetrius Vikelas valiahd shahzoda Constantinening Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi raisi etib taʼyinlanganini eʼlon qildi. Tashkiliy qoʻmita raisining musobaqa oldidagi eng birinchi mas’uliyati oʻyinlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mablagʻni toʻplashdan iborat edi. Shahzoda yunon xalqining vatanparvarligiga tayangan holda ularni kerakli mablagʻni toʻplash ishlarida yordamga chaqirdiYoung (1996), 118. . Constantinening musobaqalarni oʻtkazish ishlarida koʻrsatayotgan shijoat va gʻayrati yunon jamoatchiligini toʻlqinlantirib yubordi. Ushbu ommaviy saʼy-harakatlar natijasida 330 000 draxma mablagʻ yigʻib olingan, shuningdek, maxsus pochta markalari toʻplamining sotilishidan 400 000 draxma, chipta sotuvidan 200 000 draxma toʻplangan. Constantinening iltimosiga koʻra, tadbirkor George Averoff „Panathenaic“ stadionini qayta taʼmirlash ishlariga homiylik qilgan va ushbu loyihaga 920 000 drahmaYoung (1996), p.128 xayriya qilganDarling (2004), 135. Uning musobaqalarni oʻtkazishda koʻrsatgan xayriya ishlariga hurmat sifatida 1896-yilning 5-aprelida stadion tashqarisida Averoffning haykali oʻrnatilib, stadionning ochilish marosimi oʻtkazilgan. Ushbu haykal hozirgi kunga qadar stadion tashqarisida qad rostlab turibdiGeorge Averoff Dead, New York Times.