Shodmonqul Salom (toʻliq ismi: Shodmonqul Salomov; 1980-yil 23-dekabr Qumqoʻrgʻon, Oʻzbekiston SSR) — shoir, publitsist, nosir va muharrir. Shuningdek, shoir „Doʻstlik“ ordeni sohibi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Tarjimai holi Shodmonqul Salom 1980-yil 23-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tuman, Ketmonchi qishlogʻida tugʻilgan. 2003-yil Termiz davlat universitetining Kimyo fakultetini tugatgan. 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Qarshidagi Oliy adabiyot kursida oʻqigan.

Faoliyati „Turkiston“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Chagʻoniyon“ gazetalari, „Saodat“, „Fermer“ jurnallari va „Kitob dunyosi“ gazetalarida faoliyat koʻrsatgan. Hozirda „Maʼnaviy hayot“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlaydi.

2025-yil noyabr oyida yangi sheriy toʻplami Rossiyada bosib chiqarilgan.

2003-yildan beri nashriyotda ishlagan

Asarlari Shoirning „Yurak iqlimi“, „Koʻngil kitobi“, „Borligini bilganlar“, „Koʻngil obidasiga yoʻl“, „Sheʼr sayyorasi“, „Tongning iqbolini tilarmen“ kabi sheʼriy asarlari mavjud.

Filmografiyasi +YilNomiObrazIzoh2023Abdulla OripovAbdulla Oripovning yigitlik va oʻrta yosh paytlari

Manbalar

Havolalar Shodmonqul Salom. She’rlar qaraldi: 10.08.2023

Shodmonqul Salom. Ehtirom qaraldi: 10.08.2023

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar