Eshonqul Usmonovich Noʻmonov (; 1919-yil 15-iyun, Samarqand, Turkiston ASSR, RSFSR – 29-noyabr 1992-yil, Dushanbe, Tojikiston Respublikasi) – sovet, tojik kimyogari, Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1985), professor (1973), Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi V. I. Nikitina nomidagi Kimyo instituti direktori (1971–1988), Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi (1941–1945).
Hayoti Ishonqul Usmonovich Noʻmonov 1919-yil 15-iyunda Samarqandda xizmatchi Usmon Noʻmonov oilasida tugʻilgan.
1936-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetiga oʻqishga kiradi, biroq beshinchi kursida Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi sababli oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻladi. Noʻmonov urush boshlanganidan keyin koʻngilli ravishda frontga joʻnadi va urush tugaguniga qadar Qizil Armiya saflarida jang qilib, bir qancha jarohatlar oladi (1941–1946).
1946–1948-yillar – SSSR Fanlar akademiyasi Tojikiston filiali Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, 1947-yil – S. M. Kirov nomidagi Leninobod pedagogika institutining tabiiy fanlar fakultetini sirtdan tamomlagan. 1948-yil – KPSS aʼzosi. 1949–1952-yillar – SSSR Fanlar akademiyasining N. D. Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti aspiranti (V. I. Nikitin tavsiyasi bilan aspiranturaga kiradi). 1952–1958-yillar – SSSR Fanlar akademiyasi Tojikiston filiali Kimyo instituti katta ilmiy xodimi, 1952–1959-yillarda sirtqi boʻlimda dars bergan – Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot instituti umumiy kimyo kafedrasi mudiri boʻlin oʻz faoliyatini olib borgan.
1972-yilda I. U. Noʻmonov Tojikiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, 1973-yilda professor unvoni bilan tasdiqlangan, 1985-yilda esa Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan.
1959-yildan 1969-yilgacha mehnatkashlar deputatlari Dushanbe shahar kengashi deputati, soʻng Tojikiston Kommunistik partiyasi Dushanbe shahar qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Mehnat faxriysi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:Berlinni ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:Pragani ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Dushanbeda vafot etganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:29-noyabrda vafot etganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:15-iyunda tugʻilganlar Turkum:Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari