Avliyo Nikolay ibodatxonasi (Avliyo Nikolay cherkovi, ; boshqacha nomlanishlari: , ) — Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan rus pravoslav ibodatxonasi. 1945-yilda qurilgan. Hozirda Guliston shahrining Turkiston koʻchasida joylashgan. Tarixi Ibodatxona 1945-yilda ibodat uyi sifatida qurila boshlangan va oʻsha yilning 9-noyabr kuni qurib bitkazilgan. 1955-yil roʻyxatga olingan va avliyo Nikolay xotirasiga bagʻishlab poklantirilgan. U yer 1945-yildan boshlab ibodat uyi vazifasini oʻtagan va ibodat amallari bajarilgan. 1957-yilda bu ibodat uyi rekonstruksiya qilingan hamda Toshkent va Oʻrta Osiyo yepiskopi Yermogen tomonidan ibodatxona sifatida qayta poklantirilgan. Galereya

Manbalar

Turkum:Rus pravoslav cherkovi Turkum:Sirdaryo viloyati bino va inshoatlari