Qinling pandasi (Ailuropoda melanoleuca qinlingensis) — 1959-yili kashf etilgan, gigant pandaning kenja turi boʻlib, 2005-yilgacha tur sifatida tan olinmagan. Nomzod kenja turdan keyingi, tan olingan birinchi yirik kenja panda turi hisoblanadi.

Bu yirik pandaning birinchi tan olingan kenja turi boʻlib, boshqa kenja turlardan jigarrang moʻynasi va bosh suyagi hamda tanasining umumiy oʻlchami kichikligi bilan farq qiladi.

Ushbu turdagi pandalar faqatgina Qinling togʻlarida, (boshqa manbalarga koʻra ) boʻlgan balandlikda yashaydi.

Hozirgi vaqtda mazkur kenja turning faqat bitta individual vakili tutqunlikda saqlanadi. Siszai ismli erkak Qinling panda Xitoyning Shensi provinsiyasida joylashgan tadqiqot markazida saqlanmoqda.

Bugungi kunda, mazkur kenja turning populyatsiyasi haqida turli xil maʼlumotlar mavjud. Hozirda tabiiy muhitda mazkur turning bor yoʻgʻi 300 tadan ham kamroq vakili saqlanib qolgan.

Nomlanishi Mazkur turning soddalashtirilgan xitoy tilidagi nomi boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilinganda Qinlingning Buyuk ayiq-mushugi maʼnosini anglatadi.

Xususiyatlari Qinling pandasi oʻzining nisbatan kichikroq bosh suyagi va toʻq jigarrang hamda och jigarrang (qora va oq aralashmasi) moʻynasi, tanasining umumiy oʻlchami kichikroqligi bilan koʻproq oʻrganilgan boshqa kenja turlardan farq qiladi. Koʻz dogʻlari koʻzining atrofida emas, balki pastki qovoq ostida joylashgan. Jigarrang pandalar tabiatda juda kam uchraydi.

Filogeniyasi Ursid turlari orasidagi filogenetik munosabatlar yillar davomida noaniq boʻlib kelgan. Qinling pandasi (Ailuropoda melanoleuca qinlingensis) 1959-yilda kashf etilgan. Mazkur jonivor gigant pandaning (Ailuropoda melanoleuca) kenja turi boʻlsa ham, 2005-yilgacha kenja tur sifatida tan olinmagan. Qingling pandasi yirik pandalarning tan olingan birinchi kenja turi hisoblanadi.

Tarqalishi va yashash joyi Ushbu kenja tur Qinling togʻlarining (boshqa manbalarga koʻra ) balandlikdagi qismlaridagina uchraydi. Uning noodatiy rangi, ajdodlarining turlicha chatishuvi oqibatida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin. Chunki populyatsiya genetik oʻzgaruvchanlikdan kelib chiqqan va bu holat mutatsiya uchun javobgarlikni saqlab qolishga olib kelgan boʻlishi mumkin.

Sian shahrida 19-25-noyabr kunlari Davlat oʻrmon va oʻtloq xoʻjaligi maʼmuriyati hamda Shensi provinsiyasi hukumati homiylik qilingan Qinling gigant panda madaniyatini targʻib qilish maqsadida „Dunyo tomonidan tan olingan panda madaniyati“ nomli tadbir oʻtkaziladi. Qinling gigant panda madaniyatini targʻib qilish tadbiridan koʻzlangan maqsad dunyoga Qinling panda haqida maʼlumot berish, Qinling gigant pandasini himoya qilishda koʻproq omma eʼtiborini jalb qilish va Qinling gigant panda turini Shensining ekologik va madaniy tashrif qogʻoziga aylantirishga qaratilgan.

Soʻnggi statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 548 ta Qinling gigant panda mavjud boʻlib, ularning 87 foizi Sichuanda yashaydi. Sichuandagi yovvoyi gigant pandalar soni mamlakatdagi Qinling pandalari umumiy sonining 74% qismini tashkil etadi.

Saqlash va tahdidlar 2001-yilga kelib yovvoyi tabiatda taxminan 100 ta Qinling pandasi yashagani aniqlangan.

1989-yil 30-avgustda ushbu turning urgʻochisi qoʻlga olinib, oddiy gigant panda bilan juftlashtirish uchun Sian hayvonot bogʻiga keltirilgan. Bu pandaning avlodi oq-qora boʻlgan, biroq qarigan sari moʻynasi jigarrang rangga oʻzgara boshlagan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, uchta bola tugʻgan, ularning barchasi tugʻilgandan koʻp oʻtmay vafot etgan. Dan-Dan laqabli ona ayiq 2000-yilda vafot etgan.

Xitoyda davom etayotgan atrof-muhitning ifloslanishi natijasida bambuk va tuproq tarkibida mis, nikel, qoʻrgʻoshin va rux kabi zaharli moddalar miqdori oshib borayotgani Qinling kenja turlari yashash hududining chegaralari qisqarishiga sabab boʻlmoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Qinling kenja turi Qingling togʻida oʻsuvchi bambukning Fargesia qinlingensis va Arundinaria fargesii turlarini isteʼmol qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ayni shu bambuklar tarkibini tuproqdagi metallarning ogʻir konsentratsiyasi sababli zaharlanishi, pandalar organizmini zararlamoqda. Antropogen omili ayiqlar yashaydigan hududga qadar yetib kelganligi ushbu tur uchun katta xavfni yuzaga keltirgan.

Tishlarining salomatligi Qinling pandalari omon qolishi uchun juda muhim omildir. Bu pandalarning umri davomiyligi 5—20 yilni tashkil etadi. Qinling Pandalarida keng tarqalgan tish kasalligi bu tish yemirilishi va sinishidir. Ushbu ikkita anormal holat pandalar umrining davomiyligiga taʼsir qilishi mumkin.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Turkum:Xitoydagi sutemizuvchilari Turkum:Katta pandalar Turkum:Kenja turlar Turkum:2005-yilda tasniflangan sutemizuvchilar