Sergey Olegovich Gribanov () — ukrainalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida to‘p surgan.

Futbolchilik faoliyati Futbol mahoratini Mariupoldagi BOʻSM va Donetskning „Shaxtyor“ futbol maktabida oʻrgangan.

Futbolchilik faoliyatini „Shaxtyor“ning farm-klublari — „Shaxtyor-2“ va „Shaxtyor-3“da boshlagan. 2002—2005-yillarda oʻzining tugʻilib oʻsgan shahri — „Mariupol“ klubida toʻp surgan. 2006-yilning birinchi yarmida Simferopolning „Tavriya“ jamoasi aʼzosi boʻlgan, yilning ikkinchi yarmida esa Alchevskning „Stal“ jamoasi safida boʻlgan. 2007-yilni Dneprodzerjinskning „Stal“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan.

2008-yil boshida Ozarbayjon chempionatiga yoʻl olib, Bokuning „Olimpik“ jamoasi tarkibiga qoʻshilgan, biroq yozda yana Ukraina zaminiga qaytgan. 2008–09-yilgi mavsumda Xarkovning „Gelios“ jamoasi sharafini himoya qilgan. 2009–10-yilgi mavsumda Chernigovning „Desna“ klubi futbolchisi boʻlgan.

2011-yil boshida yana xorijga yoʻl olgan, bu safar Oʻzbekiston chempionatida Samarqandning „Dinamo“ klubini himoya qilgan, ammo oʻsha yilning yozida „Sevastopol“ klubi safiga oʻtgan. 2012-yil boshida yana „Desna“ jamoasiga qaytgan.

2012-yil yozidan buyon Donetskning „Olimpik“ jamoasi aʼzosi.

Yutuqlari Shaxsiy

„Desna Chernigov“ safida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2010

Manbalar

Havolalar

Sergey Gribanov Footballdatabase saytida Sergey Gribanov Transfermarkt saytida Sergey Gribanov Footballfakts saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Shaxtyor-2 Donetsk futbolchilari Turkum:FC Shaxtyor-3 Donetsk futbolchilari Turkum:FC Illichivets-2 Mariupol futbolchilari Turkum:FC Mariupol futbolchilari Turkum:SC Tavriya Simferopol futbolchilari Turkum:FC Stal Alchevsk futbolchilari Turkum:FC Desna Chernigov futbolchilari Turkum:FC Helios Xarkov futbolchilari Turkum:Shuvalan FK futbolchilari Turkum:FC Oleksandriya futbolchilari Turkum:FC Sevastopol futbolchilari Turkum:FC Stal Kamianske futbolchilari Turkum:FC Olimpik Donetsk futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar