Mixail Yuriyevich Bulgakov (1951-yil 12-oktyabr, Kursk — 1984-yil 3-avgust, Moskva) — sovet futbolchisi, yarim himoyachi. SSSR sport ustasi (1971).
Tarjimayi holi Mixail Bulgakov futbolchilik faoliyatini Kurskning „Trudoviye rezervi“ klubida boshlagan, 1970—1979-yillarda Moskvaning „Spartak“ klubida oʻynagan, shunda keyin faoliyatini „Qayrat“, Samarqandning „Dinamo“ va „Krasnaya Presna“ klublarida davom ettirgan. Futbolchi SSSR Olimpiya terma jamoasining oʻyinlariga jalb qilingan.
Umrining soʻnggi yillarida ruhiy tushkunlikka tushib qolib, shaxsiy hayoti bilan bogʻliq bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, xotini Galina va ikki qizini tashlab ketadi. Xotini bilan munosabatlarni tiklashga muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng, oʻzini 1984-yil 3-avguts kuni 11-qavat derazasidan tashlab, oʻz joniga qasd qilgan. Mitin qabristoniga dafn etilgan.
Yutuqlari Futbochi SSSR chempioni (19790, SSSR kubogi sohibi (1971) boʻlgan. Turkum:12-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:3-avgustda vafot etganlar Turkum:1984-yilda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari