Gennadiy Georgiyevich Antonov (1950—1998) – sovet futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Biografiyasi 1968-yildan boshlab Gennadiy Rostov SKA jamoasida oʻynashni boshlagan va sakkiz mavsumni Rostovliklar jamoasida oʻtkazgan. U jamoadagi debyut uchrashuvini 1968-yil 27-aprelda Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va tanaffusda Givi Anfimiadini oʻrniga maydonga tushgan. Gennadiy oliy ligadagi ilk golini 1970-yil 3-avgustda Luganskning „Zorya“ klubiga qarshi baxsda kiritgan„Zarya“ Voroshilovgrad 2 : 2 SKA Rostov-na-Donu . 1971-yilda u SSSR kubogi finalchisiga aylangan va Moskvaning „Spartak“ jamoasiga qarshi ikkita final oʻyinidan birida maydonga tushgan.

1971—1972-yillarda SSSR yoshlar terma jamoasida bir necha oʻyin oʻtkazgan.

1976-yilda u SSKA jamoasiga oʻtgan, milliy chempionatda 12 oʻyin (1 gol), shuningdek SSSR kubogida 2 oʻyinda maydonga tushgan.

1977-yilda u yana Rostov SKA jamoasi safiga qaytgan. Umuman olganda, Rostov klubi tarkibida u milliy chempionatlarda 217 oʻyin oʻtkazgan va 25 ta gol urgan, shundan 146 ta oʻyin va 17 ta gol oliy liga baxslariga toʻgʻri keladi.

1978-yilda Leningradning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 1979-yilda u „Paxtakor“ tarkibida oʻynagan boʻlsa-da, faqat oʻrinbosarlar tarkibida maydonga tushgan, keyingi mavsumda oliy ligada 9 ta oʻyinda maydonga tushib va bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, shu mavsum davomida „Boʻston“ (Jizzax) jamoasida ham toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarida Stavropolning „Dinamo“ va „Atommash“ klublarida oʻynagan.

1985—1987-yillarda „Atommash“ murabbiylar shtabida ishlagan, 1988—1989-yillarda esa klub bosh murabbiyi sifatida klubni boshqargan.

Manbalar

Havolalar

Antonov Gennadiy footballfacts sayti

Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:22-mayda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari