Ruslan Zudiyevich Ablayev (1972-yil 29-iyun Chkalovske Leninobod viloyati) – sovet va rossiyalik futbolchi. Darvozabon ampulasida oʻynagan. Oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha „Lokomotiv“ klubi yetakchilaridan biri (320). 2010—2013-yillarda ushbu jamoaning murabbiylar shtabida ishlagan. Voronejning „Fakel“ yoshlar jamoasi darvozabonlar murabbiyi hisoblanadi.
Faoliyati Oʻzbekiston fubol maktabi tarbiyalanuvchisi. Ruslan 1988-yilda "Yangiyer" klubi tarkibida professional faoliyatini boshlagan.
1992-yilda Rossiya Premyer-ligasi ishtirok etgan Voronej Fakelning asosiy jamoasiga qoʻshilgan. 1992-yilgi mavsumda Ruslan jamoa tarkibida bitta oʻyin oʻtkazgan. 5-may kuni Vladikavkazning „Spartak“ jamoasi bilan uchrashuvda (1:2) 35 daqiqa oʻynagan. Uning jamoasi 8 va 19-daqiqalarda gol oʻtkazib yuborgan, shundan soʻng uning oʻrniga Aleksandr Filimonov maydonga tushgan.
1993-yilgi mavsumda jamoa birinchi ligaga tushib, Filimonov jamoadan ketganidan soʻng Ablayev „Fakel“ning asosiy tarkibida koʻproq maydonga tusha boshlagan. 1994-yilda u jamoa ikkinchi ligaga tushib ketganidan keyin ham klubda oʻynashni davom ettirgan. 1996-yilda Ablayev ikkinchi ligada oʻynagan „Lokomotiv Liski“ jamoasiga oʻtgan. 2002-yilda „Lokomotiv“ markaziy zonada soʻnggi 20-oʻrinni egallab , KFK oʻrtasida Rossiya chempionatiga tushib ketganidan soʻng, Ablayev klubni tark etgan.
2003-yilda u Severstal Cherepovets jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ikkinchi divizionda 7 ta va Rossiya kubogida 2 ta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Ruslan „Lokomotiv Liskin“ jamosiga qaytgan va u yerda 2007-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Umuman olganda, Liski klubi tarkibida u professional chempionatlarda 320 ta oʻyin oʻtkazgan (bu koʻrsatkich boʻyicha Igor Pivin bilan birinchi oʻrinni egallagan), havaskorlar chempionatlarini hisobga olgan holda Ruslan jamoa tarkibida umumiy – 340 ta oʻyin oʻtkazgan.
2013-yil yanvar oyida u Fakel Voronej darvozabonlari murabbiyi boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:29-iyunda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Cherepovets futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Liski futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari