Uretrosele – ayollar siydik yoʻlining qinga tushishi. Uretrani ushlab turadigan toʻqimalarning zaiflashishi uning qinga chiqishiga olib keladi. Uretroselelar koʻpincha sistosele (siydik pufagining qinga tushishi) bilan birgalikda kelib chiqadi. Bunday holda, sistouretrosele atamasi ishlatiladi.

Belgilari Koʻpincha uretrosele belgilarsiz yuzaga keladi. Baʼzan, stress, siydik chiqarish chastotasining oshishi va siydik tutilishi (qovuqni boʻshatishda qiyinchilik) kabi belgilar bilan birga kelishi mumkin. Jinsiy aloqa paytida ogʻriq ham yuzaga kelishi mumkin.

Asoratlari Agar uretrosele siydik chiqarishda qiyinchilik tugʻdirsa, bu sistitga olib keladi.

Sabablari Uretroselelar chanoq boʻshligʻini tutib turuvchi tuzilmalarining shikastlanishi natijasida paydo boʻladi. Bundan tashqari, ginekologik saratonni davolashdan keyin ham paydo boʻlishi mumkin. Uretrosele koʻpincha tugʻruqdan keyin kelib chiqadi, chaqaloqning qin orqali harakatlanishi atrofdagi toʻqimalarga zarar yetkazadi. Hali farzand koʻrmagan ayollarda paydo boʻlganda, ular chanoq boʻshligʻi toʻqimalarining tugʻma zaifligi natijasi boʻlishi mumkin.

Davolash Uretroseleni jarrohlik yoʻli bilan davolash mumkin.

Manbalar

Turkum:Qon kasalliklari