Dima Ghawi (1975-yil 18-iyulda tugʻilgan) — Iordaniya-Amerika mukofot gʻolibi boʻlgan muallif, rahbarlik boʻyicha yetakchi notiq va bosh murabbiy. Dima Ghawi, LLC asoschisi hamda „Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive – A Middle eastern Womanʼs Story“ (2018) nomli kitobning muallifi sanalanadi.

Yoshligi va taʼlimi Ghawi Turkiyaning Anqara shahrida tugʻilib, Iordaniyaning Amman shahrida oʻsgan va keyinchalik 1996-yilda Kaliforniyaning San Diego shahriga koʻchib kelgan. Yaqin Sharq madaniyati va qadriyatlari ichida oʻsgani uning dastlabki tanlovlariga katta taʼsir koʻrsatgan. Ghawi oʻzining hikoyasi bilan ilk marotaba 2014-yilda TEDxLSU sahnasida oʻrtoqlashgan.

Ghawi 2 yil davomida Amman shahridagi Iordaniya Universitetida tahsil olgan. Qoʻshma Shtatlarga koʻchgani sababli oʻqishini San Diego Shtat Universitetiga koʻchirgan hamda u yerda 1999-yil Iqtisodiyot yoʻnalashi boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. 2004-yilda kelib San Diego Universiteti magistraturasini ham tamomlagan.

Faoliyati Ghawi uch karra TEDx nutq soʻzlovchisi va oʻzining „Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive – A Middle Eastern Womanʼs Story“ xotira kitobi bilan juda mashhur boʻlgan.

Kitoblari

Manbalar

Havolalar

Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Motivatsion notiqlar Turkum:Motivatorlar