Leonel Justiniano Arauz (; 1992-yil 2-iyulda tugʻilgan, Santa Kruz de la Sierra, Boliviya) - "Bolivar" futbol klubi va Boliviya milliy terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suruvchi boliviyalik professional futbolchi.

Klubdagi karyerasi Justiniano Bolivar klubining tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi. 2011-yil 27-noyabrda "Real Potosi"ga qarshi oʻyinda u Boliviya chempionatida debyut qiladi. 2012-yil 4-noyabrda Petroleroga qarshi oʻyinda Leonel klubi Bolivar uchun oʻzining birinchi golini uradi. 2014-yilning yozida Justiniano "Potosi"dan ijara asosida "Nacional" ga oʻtadi. Shu yili 11-avgust kuni Blumingga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qiladi. 31-avgust kuni "Petrolero"ga qarshi oʻyinda Leonel "Nacional" safida ilk golini uradi. 2015-yilning yozida Justiniano Bolivarga qaytadi. Klubdagi faoliyati davomida klub azosi sifatida 4 marta chempionlikni qoʻlga kiritadi.

2019-yilning yozida Justiniano Xorxe Vilsterman klubiga oʻtadi. 8-avgust kuni “Bluming” klubiga qarshi bahsda u yangi jamoasi safida ilk bor debyut qiladi.

Xalqaro karyerasi 2017-yil 23-mart kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi oʻyinda Justiniano Boliviya terma jamoasi safida ilk bor debyut qiladi.

2019-yilda Justiniano Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi musobaqasi uchun Boliviya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritiladi. Turnirda u Braziliya, Venesuela va Peru terma jamoalariga qarshi oʻtkazilgan oʻyinlarda ishtirok etadi. Venesuelaliklarga qarshi oʻyinda Leonel terma jamoasidagi ilk golini uradi.

Boliviya terma jamoasidagi gollari # Sana Oʻtkazilgan joyRaqib jamoaHisob Natija Musobaqa 01. 2019-yil 22-iyun Mineirao, Belu-Orizonti, Braziliya Venesuela 1:2 1:3 Amerika Kubogi 2019-yil

Yutuqlari Jamoasi

«Bolivar»

Boliviya chempionati gʻolibi (4) - Clausura 2013, Apertura 2017, Clausura 2017, Apertura 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Boliviyalik erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari