Jeonbuk milliy universiteti (JBNU) – Janubiy Koreyaning Jeonju shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidir. Universitet 1947-yilda tashkil etilgan. Jeonbuk milliy universiteti 2023-yilgi QS jahon universitetlari reytingida 551-560 oʻrinlarni egalladi. JBNU 14 ta bakalavriat va 16 ta magistratura (1 ta umumiy,9 ta ixtisoslashgan va 4 ta kasbiy yoʻnalish) kollejlarini oʻz ichiga oladi. Universitetning Jeonju kampusida 32 000 ga yaqin talaba va 2 000 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. JBNU xalqaro taʼlim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi, hozirda 500 dan ortiq xalqaro talabalar universitetning magistratura bosqichida tahsil olishadihttps://www.jbnu.ac.kr/eng/?menuID=316.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Janubiy Koreya universitetlari