Flores (ispancha talaffuzi:[ˈfloɾes]) – Urugvay davlating departamentlaridan biri boʻlib, mamlakat markazidan biroz janubi-gʻarbda joylashgan. Poytaxti – Trinidad shahri. Flores shimol va sharq tomonlarda Durazno departamenti, janubi-sharqda Florida departamenti, janubda San José departamenti va gʻarbda Soriano departamenti bilan oʻzaro chegaralarga ega. Urugvaydagi aholi zichligi eng past boʻlgan departament hisoblanadi.
Tarixi Flores departamenti 1885-yilda prezident Maximo Santos davrida San José departamenti tarkibida tashkil etilgan va oʻn toʻqqizinchi asrda Trinidadda tugʻilgan Kolorado partiyasining sobiq rahbari Venancio Flores sharafiga nomlangan.
Iqtisodiyoti Flores departamentida asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Asosan eksport uchun qoramol va jun mahsulotlari yetishtirish maqsadida qoʻylar boqiladi. Koʻplab faol rancholar mavjud boʻlib ularning baʼzilariga sayyohlar ham tashrif buyurishlari mumkin.
Aholisi
Urugvayning barcha departamentlari ichida aholi eng siyrak joylashgan joy shu yer boʻlib, aholi zichligi 1 km² ga 5 kishidan ham toʻgʻri kelmaydi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Flores departamentida 25,050 nafar aholi (12,342 erkak va 12,708 ayol) va 10,589 ta xonadon mavjud. Jami 25,050 nafar aholidan 21,430 nafarga yaqin qismi poytaxt shahar, Trinidadda yashaydi.
Flores departamentining 2010-yilgi maʼlumotlar aosidagi demografik koʻrsatkichlari: Aholining oʻsish sur’ati: 0,151% Tugʻilish darajasi: 14.73 tugʻilish/1000 kishi Oʻlim darajasi: 9.25 oʻlim / 1000 kishi Oʻrtacha yoshi: 34.3 (33.2 erkak, 35.5 ayol) Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish: Umumiy aholi uchun: 78.66 yosh Erkaklar uchun: 74.82 yosh Ayollar uchun: 82.20 yosh Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 26,324 peso Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 11,025 peso
Aholi punktlari aholisi: Shahar / Qishloq Aholi soni Trinidad 21,429 Ismael Cortinas 918 Andresito 261 La Casilla 181 Juan José Castro 97 Cerro Colorado 96
Mashhur shaxslari Doktor Armando Castaingdebat, Flores departamentining rahbari. Danilo Pallares Echeverría, mahalliy yozuvchi va musiqachi, Flores departamenti madhiyasi muallifi. Faustino Harrison, 1962-1963-yillarda Urugvay prezidenti boʻlgan. Benito Medero, 1970-yillarda vazir boʻlgan. Chory Castro, futbolchi.
Manbalar
Havolalar Official site of Flores INE map of Flores Department Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.2 „Flores“
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay departamentlari