Rocha (ispancha talaffuzi: [ˈrotʃa]) – Urugvayning sharqiy qismida joylashgan departament. Poytaxti – Rocha shahri. Departament gʻarbda Maldonado departamenti, shimoli-gʻarbda Lavalleja departamenti, shimolda Treinta y Tres departamenti bilan chegaradosh. Rocha departamenti Cabo Polonio, Valizas, Santa Teresakabi tabiiy bogʻlariga ega. Shuningdek, hududdagi Punta del Diablo va La Esmeralda kabi plyaj kurortlari ham butun dunyoda mashhur boʻlib, yozgi taʼtil vaqtida bu yerlarga anchagina sayyohlar tashrif buyuradi.

Tarixi 1880-yil 7-iyulda Rocha departamenti Maldonado departamentidan alohida boʻlib ajralib chiqdi.

Aholisi

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida, Rocha departamentida 68,088 nafar aholi (33,269 erkak va 34,819 ayol) hamda 46,071 ta xonadon mavjud boʻlgani qayd etilgan.

2010-yildagi Rocha departamentining demografik koʻrsatkichlari:

Aholi oʻsish sur’ati: −0.082% Tugʻilish darajasi: 14.04 tugʻilish/1000 kishi Oʻlim darajasi: 10.44 oʻlim/1000 kishi Oʻrtacha yoshi: 35.0 (34.0 erkaklar, 36.0 ayollar) Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish: Umumiy aholi uchun: 75.82 yosh Erkaklar uchun: 72.17 yosh Ayollar uchun: 79.43 yosh Bir xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 19,978 peso Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 8,635 peso

Asosiy shahar va qishloqlari

Shahar / Qishloq Aholi soni Rocha 25,422 Chuy 9,675 Castillos 7,541 Lascano 7,645 La Paloma 3,495 Cebollatí 1,609 La Aguada y Costa Azul 1,090 Velázquez 1,022

Boshqa shahar va qishloqlari

Shahar / Qishloq Aholi soni 18 de Julio 977 Punta del Diablo 823 San Luis al Medio 598 La Coronilla 510 Puimayen 505

Jadval 2011-yilgi maʼlumotlar asosida tuzilgan.

Manbalar

Havolalar Official site of the Department of Rocha – About the Department INE map of Rocha Department Tourism in Uruguay, Rocha Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.10 „Rocha“

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay departamentlari