– Yaponiyaning Kyushu orolidagi Saga prefekturasining janubiy qismida joylashgan shahar. 2017-yil 28-fevral holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 30,159 nafarni va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 270 kishini tashkil qilgan. Umumiy maydoni 112,10 km².

Geografiyasi Kashima Saga shahridan 60 km janubi-gʻarbda joylashgan. Sharqda Ariake dengizi va janubi-gʻarbda Nagasaki prefekturasi bilan chegaradosh. Janubi hududi Tara togʻlarini oʻz ichiga olib, shimoliy qismi esa qirgʻoq boʻylab ochiq tekisliklardan va shahardan iborat.

Togʻlar : Kyōga togʻi (1076 m), Jōdo togʻi (501 m), Kotoji togʻi (501 m), Gibi togʻi (198 m) Daryolari : Shiota daryosi, Kashima daryosi, Hama daryosi, Naka daryosi

Qoʻshni munitsipalitetlar

Saga prefekturasi Ureshino Shiroishi Tara Nagasaki prefekturasi Omura

Tarixi 1889-yil 1-aprel – Zamonaviy munitsipal tizim oʻrnatilgan. Hozirgi shahar hududi oltita qishloqdan iborat (Minami-Kashima, Kita-Kashima, Hachihongi, Fureda, Nogomi va Nanaura; barchasi Fujitsu tumanidan). 1912-yil 1-dekabr – Minami-Kashima qishlogʻi Minami-Kashima shahriga aylanib, Kita-Kashima qishlogʻi Kashima qishlogʻi deb oʻzgartirilgan. 1918-yil 8-iyul – Hachihongi qishlogʻi Hama shahriga aylangan. 1954-yil 1-aprel – Kashima shahri Kashima shahrini yaratish uchun Hama shahri, Kashima qishlogʻi, Furueda qishlogʻi va Nogomi qishlogʻini oʻzlashtirgan. 1955-yil 1-mart – Nanaura qishlogʻining bir qismi Kashima shahriga, qolgan qismi esa Tara shaharchasiga qoʻshilgan.

Taʼlim tizimi Oʻrta maktablar Saga prefekturasi Kashima oʻrta maktabi Saga prefekturasi Kashima kasb-hunar litseyi

Oʻrta-maxsus maktablar Tōbu oʻrta maktabi Seibu oʻrta maktabi

Boshlangʻich maktablar Kashima boshlangʻich maktabi Nogomi boshlangʻich maktabi Furueda boshlangʻich maktabi Hama boshlangʻich maktabi Kita-Kashima boshlangʻich maktabi Nanaura boshlangʻich maktabi Meirin boshlangʻich maktabi

Manbalar

Havolalar Kashima City official website The Kashima Gatalypic Official Website

Turkum:Saga prefekturasidagi shaharlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda