Boburiylar hukumati — Boburiylar imperiyasi hukumati oʻta markazlashgan tizim boʻlib, bu tizimning aksariyat qismi uchinchi boburiy hukmdor Akbar hukmronligi davrida tashkil etilganRobinson, Francis (2009), „Mughal Empire“, The Oxford Encyclopedia of the Islamic World, Oxford University Press, doi:10.1093/acref/9780195305135.001.0001, ISBN 978-0-19-530513-5, retrieved 28 March 2022. Markaziy hukumatga imperator boshchilik qilgan; uning huzurida toʻrtta vazirlik bor edi. Moliya vazirligi imperiya hududlaridan tushumlarni nazorat qilish, soliq tushumlarini hisoblash va bu maʼlumotlar orqali xarajatlarni taqsimlashda foydalanish uchun mas’ul edi. Harbiy (qoʻshin/razvedka) vazirlik harbiy tashkilotlar va tizimilarni boshqarish topshirilgan. Din boʻyicha mas’ul vazirlik qozilarni tayinlash, xayriyalarni boshqarish ishlarida mas’ul boʻlgan. Yana bir vazirlik imperatorning saroyi va jamoat ishlariga mas’ul ediRobinson, Francis (2009), „Mughal Empire“, The Oxford Encyclopedia of the Islamic World, Oxford University Press, doi:10.1093/acref/9780195305135.001.0001, ISBN 978-0-19-530513-5, retrieved 28 March 2022Conermann, Stephan (4 August 2015), „Mughal Empire“, Encyclopedia of Early Modern History Online, Brill, doi:10.1163/2352-0272_emho_com_024206, retrieved 28 March 2022.

Provinsiyalar Imperiya bir qancha subahlarga (viloyatlarga) boʻlingan boʻlib, ularning har biriga subahdar deb ataladigan viloyat gubernatori boshchilik qilgan. Har bir subahning oʻz baxshisi, sadr as-sudr va moliya vaziri boʻlib, ular subahdarga emas, bevosita markaziy hukumatga boʻysunganRobinson, Francis (2009), „Mughal Empire“, The Oxford Encyclopedia of the Islamic World, Oxford University Press, doi:10.1093/acref/9780195305135.001.0001, ISBN 978-0-19-530513-5, retrieved 28 March 2022. Subahlar sarkorlar deb ataladigan maʼmuriy birliklarga boʻlingan, ular keyinchalik parganalar deb nomlanuvchi qishloqlar guruhlariga boʻlingan. Pargana hukumati musulmon qozisi va mahalliy soliq yigʻuvchidan iborat boʻlganRobinson, Francis (2009), „Mughal Empire“, The Oxford Encyclopedia of the Islamic World, Oxford University Press, doi:10.1093/acref/9780195305135.001.0001, ISBN 978-0-19-530513-5, retrieved 28 March 2022Conermann, Stephan (4 August 2015), „Mughal Empire“, Encyclopedia of Early Modern History Online, Brill, doi:10.1163/2352-0272_emho_com_024206, retrieved 28 March 2022. Poytaxt Boburiylar imperiyasining bir nechta poytaxtlari boʻlib, ular har xil imperator hukmronligi davrida tashkil etilgan. Bular Agra, Dehli, Lahor va Fatehpur Sikri shaharlari edi. Baʼzan poytaxt oʻzgarishiga siyosiy va harbiy talablar taʼsir qilgan. Baʼzan esa oʻzgarishlar mafkuraviy sabablarga koʻra ham sodir boʻlgan (masalan, Akbarning Fotehpur Sikrini barpo etishi). Boburiylar davlatida oddiygina yangi poytaxtni barpo etish xarajatlari juda kam boʻlgani sabab boʻlishi ham mumkinEdmund., Bosworth, Clifford (2008). Historic cities of the Islamic world. Brill. p. 127. ISBN 978-90-04-15388-2. OCLC 231801473.. Bir vaqtning oʻzida ikkita poytaxt mavjud boʻlgan holatlar Boburiylar tarixida bir necha bor sodir boʻlgan. Baʼzi shaharlar Avrangobodga oʻxshab qisqa muddatga provinsiya markazlari boʻlib ham xizmat qilganSinopoli, Carla M. (1994). „Monumentality and Mobility in Mughal Capitals“. Asian Perspectives. 33 (2): 296 & 298. ISSN 0066-8435. JSTOR 42928323.. Harbiy yurishlar va hukmron oila sayohatlari uchun foydalanilgan imperator lageri ham koʻchma maʼmuriy poytaxt boʻlib xizmat qilgan. Akbar davridan boshlab Boburiy lagerlari koʻpaygan. Avrangzebdan keyin Boburiylar poytaxti kuchli mudofaa devori bilan oʻralgan Shohjahonobod shahriga (hozirgi Eski Dehli) koʻchdiEdmund., Bosworth, Clifford (2008). Historic cities of the Islamic world. Brill. p. 127. ISBN 978-90-04-15388-2. OCLC 231801473..

Qonun

Boburiylar imperiyasining huquqiy tizimi bosqichma-bosqich rivojlanib borgan. Musulmon davlati boʻlgan imperiya fiqh (islom huquqshunosligi)dan foydalangan. Shuning uchun qozi (qozi), muftiy (fuqah) va muhtasib kabi islomiy amaldorlar boʻlgan. Ideologiya Boburiylar imperiyasi sunniylik hanafiylik fiqh tizimiga amal qilgan. Imperiya oʻzining dastlabki yillarida oʻzidan oldingi Dehli sultonligidan meros boʻlib qolgan hanafiylarning huquqiy manbalariga tayangan. Bularga „Al-Hidoya“ va „Fatvo at-Tatarxoniya“ kiradi. Boburiylar imperiyasining eng yuqori choʻqqisida imperator Avrangzeb tomonidan Al-Fatava al-'Alamgiriyya qoʻllanmasi ishlab chiqilgan. Hanafiy fiqxining ushbu toʻplami Boburiylar imperiyasi uchun yagona maʼlumotnoma boʻlib xizmat qila boshladiChatterjee, Nandini (1 December 2019), „Courts of law, Mughal“, Encyclopaedia of Islam, THREE, Brill, doi:10.1163/1573-3912_ei3_com_25171, retrieved 13 December 2021.

Sudlar Boburiylar imperiyasida har xil turdagi sudlar mavjud edi. Shunday sudlardan biri qozilik edi. Boburiy qozilar adolatni taʼminlash uchun mas’ul boʻlgan. Bunga nizolarni hal qilish, jinoyatlari uchun odamlarga hukm chiqarish va meroslar bilan ishlash kiradiChatterjee, Nandini (1 December 2019), „Courts of law, Mughal“, Encyclopaedia of Islam, THREE, Brill, doi:10.1163/1573-3912_ei3_com_25171, retrieved 13 December 2021. Jagirdor (mahalliy soliq yigʻuvchi) yana bir mansabdor shaxs. Boburiylar imperiyasi subʼyektlari ham oʻz shikoyatlarini mahalliy qozidan koʻra koʻproq hokimiyat va jazo berish kuchiga ega boʻlgan yuqori mansabdor shaxslarga topshirgan. Jamiyat yoki qishloq darajasida faoliyat yurituvchi oʻz-oʻzini tartibga soluvchi sudlar keng tarqalgan edi, ammo ularning yurituvchi hujjatlari juda kam boʻlgan. Masalan panchayatlar (qishloq kengashlari) qanday faoliyat koʻrsatganligi aniq emas va deyarli hech qanday maʼlumot yoʻqChatterjee, Nandini (1 December 2019), „Courts of law, Mughal“, Encyclopaedia of Islam, THREE, Brill, doi:10.1163/1573-3912_ei3_com_25171, retrieved 13 December 2021. Yana qarang Boburiylar sulolasi Boburiy imperatorlar Janubiy Osiyoda islom

Manbalar

Turkum:Boburiy Turkum:Boburiylar davlati Turkum:Janubiy Osiyo