Soong Mei-ling (talaffuzda: Soong May-ling , ; 1898-yil 5-mart – 2003-yil 23-oktabr), xitoy siyosiy arbobi, Xitoy Respublikasining Birinchi xonimi, Xitoy Respublikasi Prezidenti Chan Kayshining rafiqasi edi. Song Xitoy Respublikasi siyosatida muhim rol oʻynagan va Xitoy Respublikasining asoschisi va rahbari Sun Yat-senning kelini boʻlgan. U oʻz mamlakatining fuqarolik hayotida faol boʻlgan, koʻplab faxriy va faol lavozimlarni egallagan. Ikkinchi jahon urushi davrida u yaponlarga qarshi kurashga qoʻllab-quvvatlash uchun 1943-yil AQSh boʻylab sakkiz oylik nutq safarini amalga oshiradi.
Biografiyasi
Soong Mei-ling Xitoyning Pudong, Shanxay shahridagi Song oilasida tugʻilgan. U Hainanlik boy tadbirkor va sobiq missioner Charlie Soong va Ni Kvey-tseng oilasida dunyoga kelgan.
Taʼlimi
Dastlab May-ling opasi Ching-ling bilan Shanxaydagi qizlar uchun moʻljallangan McTyeire maktabida oʻqigan. Otasi 1907-yilda oʻqishni AQShda davom ettirishga qaror qildi va oilasi bilan AQShga koʻchib ketdi. Mai-ling va Ching-ling Summit, New Jerseydagi xususiy maktabda tahsil olishni boshlashdi.
1912-yilda 15 yoshli Mai-ling Wesleyan universitetining birinchi kursiga qabul qilindi. Ikki yildan soʻng u oʻsha paytda Harvardda oʻqiyotgan akasi T. V. Soongga yaqinroq boʻlish uchun Wellesley Collegega tahsil ola boshlagan. U 1917-yil 19-iyunda 33 nafar „Durant stipendiatlari“dan biri sifatida Wellesleyni ingliz adabiyoti va falsafa yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. U, shuningdek, Tau Zeta Epsilon, Wellesley sanʼat va musiqa jamiyatining aʼzosi edii.
Chan xonim
Soong Mei-ling Chan Kayshi bilan 1920-yilda tanishgan. Ular 1927-yil 1-dekabrda Shanxayda turmush qurishdi. Bu nikoh sevgi, siyosat va raqobatga bilan 48 yil davom etdi. Ularning farzandlari yoʻq edi. Soong Mei-ling va Chan Kayshi 1944-yil 24-mayda Nyu-Yorkdagi Avliyo Bartolomey cherkovida qayta nikohdan oʻtishadiSt. Bartholomew’s Church Marriage Registration 1944..
Chan xonim Xitoy siyosati bilan faol shugʻullandi va New Life Movement (Yangi hayot harakati) tashabbuskori boʻldi. Turmush oʻrtogʻi Kuomintang rahbari boʻlganda, Chan xonim uning ingliz tili tarjimoni, kotibi va maslahatchisi boʻldi. 1928-yilda u Chan tomonidan Yuanlar qoʻmitasining aʼzosi etib saylandi. U 1930—1932-yillarda Yuan aʼzosi va 1936—1938-yillarda Xitoy aviatsiya ishlari komissiyasining Bosh kotibi boʻlgan.1937-yilda u ayollarga Ikkinchi Xitoy-Yaponiya urushini qoʻllab-quvvatlash uchun murojaat qildi, bu esa Guangxi ayollar batalyoni kabi ayollar batalyonlarini tashkil etilishiga olib keldi.
1945-yilda u Gomintang markaziy ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.
Soong Mei-ling urush harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Amerika Qo'shma Shtatlariga bir necha bor sayohat qildi. U 30 000 ga yaqin xalqni toʻpladi va 1943-yilda uchinchi marta TIME jurnalining muqovasidan oʻrin oldi. Avvalroq 1931-yil 26-oktabrda turmush oʻrtogʻi, 1937-yil 3-yanvarda esa Soong Mei-ling eri bilan „Yil kishisi sifatida Time muqovasida chiqdi“.
Vafoti
1975-yilda turmush oʻrtogʻi vafoti Chan xonim uchun ogʻir boʻldi. Unga birinchi marta 1975-yilda ko'krak bezi saratoni tashxisi qoʻyildi va u Tayvanda ikki marta mastektomiya amaliyotini boshidan oʻtkazdiPakula 2009, p. 659.
Chan xonim 2003-yil 23-oktyabrda 105 yoshida Nyu-Yorkda vafot etdi.
„Life“ jurnali Soong Mei-ling „dunyodagi eng qudratli ayol“ deb yozadi, Liberty jurnali esa uni „Xitoy hukumatining haqiqiy aqli va rahbari“ deb taʼriflaydi"Pakula 2009, p. 305.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Audio of her speaking at the Hollywood Bowl, 1943 (3 hours into program) As delivered text transcript, complete audio, video excerpt of her address to the US Congress, 1943
Time magazineʼs "Man and Wife of the Year, " 1937 Madame Chiang being honored by U. S. Senate Majority Leader Robert Dole (left) and Senator Paul Simon (center) at the U. S. Capitol in Washington, DC, July 26, 1995 Madame Chiang Kai-shek, 1898–2003 Life in pictures: Madame Chiang Kai-shek Voice of America obituary Madame Chiang, 105, Chinese Leader’s Widow, Dies – The New York Times The extraordinary secret of Madame Chiang Kai-shek Madame Chiang Kai-shek – The Economist What a 71-Year-Old Article by Madame Chiang Kai-Shek Tells Us About China Today – The Atlantic Madame Soong Mei-lingʻs Life in Her Old Age