Jerom gambiti – bu quyidagi yurishlar bilan boshlanadigan shaxmat debyuti: 1. e2-e4 e7-e5 2. Kg1-f3 Kb8-c6 3. Cf1-c4 Cf8-c5 4. Cc4:f7+.
Tarixi Jerom gambiti amerikalik shaxmat havaskori Alonzo Jerom (1834—1902) sharafiga nomlangan boʻlib, u ushbu debyut tahlilini 1874-yil aprel oyida Dubuque Chess Journalda nashr etgan. Zamonaviy shaxmat amaliyotida kamdan-kam uchraydi.
Debyut gʻoyalari Gambitning asosiy gʻoyasi – piyoda uchun filni qurbon qilish, qora shohni rokirovkadan mahrum qilish va uning xavfli holatidan foydalanib, hujum qilish imkoniyatini qoʻlga kiritish. Oʻz tadqiqotida A.Jerom 4. …Ke8:f7 dan keyin oʻyinni 5. Kf3:e5+ Kc6:e5 6. Qd1-h5+ (yoki 6. d2-d4)ga qadar davom ettirishni tavsiya qilgan. Uning fikricha, himoyada qoralar yaxshi imkoniyatlarga ega boʻlishiga qaramay, oqlarga hujumni davom ettirish uchun sezilarli darajada qarshilik koʻrsatolmaydi.
Variantlar 4. …Kpe8-f8? – Jerom gambiti rad etildi, bu qoralar uchun noqulay. 4. …Kre8:f7 – Jerom gambiti qabul qilindi. 5. s2-s3 5. 0-0 5. Fd1-e2 5. Kf3:e5+ Kc6:e5 – „Jerom qoʻsh gambiti“. 6. d2-d4 Fd8-h4 7. 0-0 Ke5-g4 8. h2-h3 Cc5-d6 9. e4-e5 – Oqlar oʻz yoʻqotishlarini qoplash imkoniyatiga ega boʻladi. 6. Fd1-h5+ – hujumning eng asosiy nuqtasi. 6. …g7-g6 6. …Ke5-g6 7. Ff5-d5+ Kpf7-f8 8. Fd5:c5+ d7-d6 9. Fc5-e3 6. …Krf7-f8 Fh5:e5 7. d7-d6 Fe5-g3 6. …Krf7-e6 7. Fh5-e5 Kpe6-d6 8. f2-f4 yoki 8. d2-d4 7. f2-f4 7. …Fd8-f6 8. Lh1-f1 7. …d7-d6 8. f4:e5 d6:e5 9. Fh5-h3+ Kpe6-f7 10. Fh3-h5 g7-g6 11. Fh5:e5 Cc5-d4
Manbalar
Turkum:Shaxmat partiyalari