Leonid Anatolyevich Smetannikov (1943-yil 12-avgust Chelyabinsk viloyati) – sovet va rus opera xonanadasi, oʻqituvchi. SSSR xalq artisti (1987). M. I. Glinka nomidagi RSFSR Davlat mukofoti laureati (1982-yil).

Biografiyasi 1943-yil 12-avgustda Chelyabinsk viloyati, Nagaybak tumani, Ferchampenoise qishlogʻida tavallud topgan.

Leonidning otasi – Smetannikov Anatoliy Pavlovich (1916 – 2002). Onasi – Smetannikova Yelena Ivanovna (1919 —1994).

U bolaligini onasi bilan urush paytida evakuatsiya qilingan Janubiy Uralda oʻtkazgan. Ogʻir yaralangandan keyin otasi ham u yerga kelgan. Urush tugagandan soʻng, oila Ukrainaga, Dnepropetrovsk viloyati , Dneprodzerjinskga koʻchib oʻtishgan.

1957-yilda oʻrta maktabning yettinchi sinfini tugatib, sanoat texnikumiga oʻqishga kirgan. 1961-yilda oʻqishni tamomlab, Dnepr metallurgiya zavodiga oʻqishga kirgan va zavodda elektrotexnik boʻlib ishlagan.

Boʻlajak xonanda oʻzi haqida: „Men bolaligimdan – bogʻchada ham, maktabda ham qoʻshiq kuylaganman va hamma joyda qoʻshiqchi boʻlganman“ deb eslab oʻtgan.

1962-yilda Dnepropetrovsk musiqa kollejiga (hozirgi M. Glinka nomidagi Dnepropetrovsk musiqa akademiyasi) oʻqishga kirgan. Oilasiga moddiy yordam berish maqsadida Talabalar madaniyat saroyida radio boshlovchi boʻlib faoliyat yuritgan. 1966-yilda kollejni tamomlab, L. V. Sobinov nomidagi Saratov konservatoriyasiga oʻqishga kirgan.

1968-yil 8-dekabrda Leonid N. G. Chernishevskiy nomidagi Saratov opera va balet teatrida ishlash uchun taklif olgan. Leonid u yerda opera solisti boʻlib ishlagan.

Ikki yarim yil davomida u koʻplab kichik va katta rollarniijro etgan.

1969 — 2009-yillar orasida Saratov akademik opera va balet teatri bilan birgalikda Rossiya shaharlari va xorijda gastrollarda ishtirok etgan.

U doimiy ravishda kontsertlarda qatnashgan. Buning samarasi oʻlaroq toʻrtinchi kurs talabasi boʻlganida yakkaxon konsert berish huquqini qoʻlga kiritgan. Konsertlaridan birinchisi 1970-yil bahorida boʻlib oʻtgan ariyalar, romanslar va qoʻshiqlarni oʻz ichiga olgan. 1971-yil bahorida u opera teatrining eng yaxshi rassomlari bilan birgalikda Markaziy televideniyeda bir nechta rollarni ijro etgan. Repertuarda rus, sovet va xorijiy bastakorlarning 300 dan ortiq romanslari va qoʻshiqlari mavjud.

U L. V. Leshchenko bilan birga D. F. Tuxmanov va V. G. Xaritonovning „Den Pobedi“ qoʻshigʻining ilk ijrochilari boʻlishgan. Ular bu qoʻshiqni 1975-yil 9-may arafasida „Goliboy Ogonyok“ dasturida ijro etishganLeonid Smetannikov otmechaet sorokaletie na saratovskoy ssene „Rossiyskaya gazeta“. 19.12.2008.. 1977-yilda L. V. Sobinov nomidagi Saratov konservatoriyasining yakkaxon xonandalik boʻlimiga oʻqituvchi sifatida ishga taklif qilingan. 1989-yildan boshlab Akademik xonandalik kafedrasi professori sifatida faoliyat yurita boshlagan.

2008-yil 12 dekabrda Leonid Smetannikov Xalqaro Ijod Akademiyasining toʻliq aʼzosi akademigi etib saylangan. 2008-yil 12 dekabrda u Xalqaro Ijod Akademiyasining toʻliq aʼzosi akademigi etib saylangan. Shaxsiy hayoti

Birinchi xotini – Viktoriya Sergeyevna Muxina. Ular Dnepropetrovskda, musiqa maktabida uchrashishgan. Farzandlari – Stas. Ikkinchi xotini – opera xonandasi Zinaida Ivanovna. Er-xotin Saratovda Stolypin prospektida istiqomat qilishadi.

Mukofotlari Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1974) RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1976) RSFSR xalq artisti (1979) SSSR xalq artisti (1987) M. I. Glinka nomidagi RSFSR Davlat mukofoti lauerati (1982) „Hurmat Belgisi“ ordeni (1980-yil 14-noyabr)Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR ot 14 noyabrya 1980 goda № 3301-X „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR rabotnikov, naibolee otlichivshixsya pri podgotovke i provedenii Igr XXII Olimpiadi“ "Doʻstlik" ordeni (2000-yil 5-iyun) Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorligʻi (2019-yil 24-oktyabr)Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 24 oktyabrya 2019 goda № 362-rp „O pooщrenii“ III darajali Avliyo Serafim Sarov ordeni (ROC, 2005) Saratov viloyati gubernatori faxriy nishoni (2018)Postanovlenie Gubernatora Saratovskoy oblasti ot 10 avgusta 2018 goda № 385 „O nagrajdenii Pochyotnim znakom Gubernatora Saratovskoy oblasti“ Saratov faxriy fuqarosi (1999)

Manbalar

Turkum:Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:SSSR xalq artistlari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1943-yilda tugʻilganlar Turkum:12-avgustda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar