Muhammad Oxund Xonqaiy – XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xonqada yashab tarjimonlik va kitob nusxalash bilan shugʻullangan. Taxminan 1840-yillarda Xonqada kosib oilasida tugʻilgan. Sayid ota masjidiga yaqin joyda yashagan. Muhammad Oxund Xonqaiy dastlabki savodini madrasada olga. Muhammad Oxund Xonqaiy arab va fors tillarini yaxshi bilagnaligi uchun Muhammad Rahimxon bilan yaxshi aloqada boʻlganXonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.. Feruz barcha shoirlar va tarjimonlarni saroyga yigʻib arabcha, turkcha va forscha yozilgan kitoblarni tarjima qilishni buyurgan. Shunda Muhammad Oxund 3 ta yirik asarlarning tarjimasi bilan shugʻullanadi. Tarjima qilgan asarlari Qissasi Abu Ali inb Sino Ziyovuddin Said Yahyoning qalamiga mansub „Qissasi Abu Ali inb Sino“ asarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Kitobda tabobat ilmi, Ibn Sinoning hayoti va faoliyati shuningdek, islom dini qonun-qoidalari bayon etilgan. Manafi ul inson Abulgʻozi Bahodirxon tomonidan yozilgan Manafi ul inson asarini ham tarjima qilgan. Asar tabobatga oid boʻlib 1902-yilda Muhammad Oxund Xonqaiy tomonidan Xivada Koʻchirilgan. Asardan parchalarni Rajabboy Sobirov oʻzining „Dorivor giyohlar bilan davolash“ asarida keltirib oʻtgan. Manafi ul inson asari Xiva xoni Abulgʻozi Bahodirxon tomonidan 1657-yilda yozilgan. Asarda asosan insonlarning kasalliklarini turli xil giyihlar bilan davolash bayon etilgan Manofe un nos Asarning muallifi Mavlono Hidoiy boʻlib hozirda bu asarning Muhammad Oxund Xonqaiy tomonidan qilingan nusxasi Germaniyaning Myunxen shahar kutubxonasida saqlanadi. Asar 60 bobdan iboratdirhttps://cyberleninka.ru/article/n/mavlono-nidoiyning-manofe-un-nos-asari-haqida/viewer. Anis ul voizin Voizlar doʻsti asari Quraysh SindiyOʻqituvchining nutq madaniyati. Nematulla Elmurodov. Samarqand. 2004. qalamiga mansub boʻlib Muhammad Oxun tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asar Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasida qoʻlyozma tarjima asarlar boʻlimida saqlanadi va 1297-yilda yozilganligi qayd etilgan. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Muhammad Oxund Xonqaiy · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.