Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovich () – qoraqalpoq huquqshunosi, jurnalisti va jamoat arbobi. Tajimuratov 2022-yili Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilgan norozilik namoyishiga rahbarlik qilgan.

Hayoti Tajimuratov Dauletmurat Nukus shahrida qoraqalpoq tilida chiqadigan „Ел хизметинде“ („Xalq xizmatida“) gazetasi tahririyatida faoliyat koʻrsatib kelgan.

Dauletmurat Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka hududlariga gaz olib kirishda yordam berganligi, muhtojlarga bepul advokatlik qilgani va Qoraqalpogʻistondagi mehribonlik uylariga yordam berganligi borasida maʼlumotlar mavjud. Bu kabi faoliyatlari ortidan Qoraqalpogʻistonda jurnalist va bloger sifatida shuhrat qozongani aytiladi. Dauletmurat sudga bergan daʼvolari ham uning xalq ommasi orasida tanilishiga sabab boʻlgan. 2019-yil yanvar oyida Tojimuratov „ZoʻrTV“ telekanalini bolalar uchun jinsiy tarbiya haqidagi koʻrsatuvi uchun sudga berish niyatida ekanligini maʼlum qilgan, 2021-yilda esa xonanda Yulduz Usmonova ustidan qoraqalpoqlar „oʻzbeklar choponi ostida yashayotgan xalq“ degan soʻzlari tufayli sudga bergan. Tajimuratov 2022-yili oʻz telegram kanaliga asos solib, „mustaqil jurnalist“ sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan.

2022-yil iyun oyi oxirida Oʻzbekiston hukumati Qoraqalpogʻiston suveren respublika maqomidan mahrum etadigan konstitutsiyani yangilash toʻgʻrisida qaror qabul qilganida, Tajimuratov oʻz tarafdorlarini 5-iyul kuni oʻtkaziladigan tinch mitingga taklif qildi va bu harakatidan soʻng hukumat organlari bilan kelishib olindi. Keyinchalik, Tajimuratovning soʻzlariga koʻra, xavfsizlik kuchlari tomonidan shantajga uchragan; u YeXHT, BMT, AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya elchixonalari hamda Nyu-Yorkdagi Jurnalistlar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga shikoyatlar yuborgan. Keyinroq blogger hibsga olindi va namoyishchilar uni ozod qilishini talab qila boshladilar. Tajimuratov namoyishchilar talabi bilan ozodlikka chiqarildi. 1-iyul kuni u Joʻqorgʻi Kengesi (parlamenti) raisi Murod Kamolov bilan birga namoyishchilar oldida soʻzga chiqdi. Tajimuratov olib borgan miting hali davom etishi eʼlon qilindi. Keyinroq Oʻzbekiston markaziy hokimiyati noroziliklarni bostirdi va Tajimuratov ishga asosiy gumondor sifatida ayblanib 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Manbalar

Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:27-martda tugʻilganlar Turkum:Nukusda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik huquq faollari Turkum:Oʻzbekistonda inson huquqlarining buzilishi Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar