Al-Botin eksklyuziv aeroporti () BAA poytaxti Abu-Dabi shahri markazidan masofada joylashgan maxsus biznes-jet xalqaro aeroportidir. Aeroport Abu-Dabi orolida joylashgan. 1970-yilda Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilib (hozirgi Abu-Dabi xalqaro aeroporti bilan adashtirmang), shaharning avvalgi aeroportini almashtirgan.
Tarixi Aeroport 1960-yillarda qurilgan va 1970-yilda Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilgan.
1982-yilda shaharning janubi-sharqida ortib borayotgan havo qatnovini qondirish uchun yangi aeroport ochildi.
1983-yilda Al-Botin harbiy havo bazasiga aylandi, Botin aviabazasi sifatida tanilgan.
1990-yil 17-avgustdan boshlab AQSh Havo kuchlarining ikkita boʻlinmasi Al-Botinga, oxir-oqibat Fors koʻrfazi urushiga aylangan harbiy mojarolarga tayyorgarlik koʻrish uchun joylashtirildi. Al-Botinga joylashtirilgan birinchi boʻlinma Arkanzas shtatidagi Litl-Rok havo kuchlari bazasidan oʻn oltita Lockheed C-130E Hercules transport samolyotiga ega 50-taktik havo yuk koʻtarish eskadroni edi. Unga 1990-yil 26-avgustdan boshlab, Arizona shtatidagi Devis-Montan havo kuchlari bazasidan 41-elektron jangovar eskadron oʻzining oltita Lockheed EC-130H Compass Call elektron hujum samolyotlari bilan qoʻshildi.
Aeroport 2008-yilgacha harbiylar nazorati ostida boʻlib, oʻshanda Al-Botin eksklyuziv aeroporti nomi ostida eksklyuziv samolyotlariga xizmat koʻrsatadigan fuqarolik aeroportiga aylangan.
2022-yil 8-dekabrda aeroportda amerikalik basketbolchi Viktor But hamda rossiyalik qurol tujjori Britt Griner mahbus sifatida almashilgan.
2023-yil aprel oyida Dubayda joylashgan Jetex aviatsiya kompaniyasi Al-Botin eksklyuziv aeroportida shaxsiy terminal (FBO) ochganini eʼlon qildi.
Hukumatning foydalanishi Al-Botin mushtariylari orasida BAA dengiz aviatsiyasi vertolyotlari eskadroni va Abu-Dabi politsiya departamentining havo qanoti bor.
Yoʻlovchi aviakompaniyalari va yoʻnalishlari Rotana Jet 2014-yil oktyabr oyida barcha rejalashtirilgan tijorat operatsiyalarini Abu-Dabi xalqaro aeroportining 2-terminaliga koʻchirdi va Al-Botindan xususiy reaktiv qatnovlarni amalga oshirishda foydalanmoqda.
Shveytsariyaning quyosh energiyasi bilan ishlaydigan eksperimental samolyoti, Solar Impulse 2 2015-yilda soʻnggi marta aeroportga qoʻndi. Aeroportdan butun dunyo boʻylab harakatlanish uchun boshlangʻich nuqta sifatida foydalangan. Samolyot 2015-yil 9-mart kuni havoga koʻtarilgan va yaqin atrofdagi Ummonga, soʻngra Hindistonga uchgan. 2016-yil 25-iyulda Qohiradan Abu-Dabiga qoʻnadigan soʻnggi poyga uchun qoʻnish joyi sifatida ham foydalanilgan.
Ilgari parvoz qilgan aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Yoʻlovchi tashish Aviakompaniyalar Manzillar Air France Parij – Sharl de Goll Air India Bombay B. O.A. C. London–Hitrou British Airways London–Hitrou EgyptAir Qohira Ethiopian Airlines Sano Gulf Air Bahrayn Gulf Aviation Bahrayn Iran Air Sheroz Kuwait Airways Quvayt Lufthansa Frankfurt Middle East Airlines Bayrut Pakistan International Airlines Gvadar, Karachi, Lohur Rotana Jet Maskat xalqaro aeroporti Royal Jordanian Amman-Fuqarolik Somali Airlines Mogadishu Syrian Air Damashq Tunisair Damashq Yemenia Sano Sudan Airways Xartum Singapore Airlines Singapur-Paya Lebar, Singapur-Changi
Yuk tashish +Aviakompaniya Manzillar German Cargo Frankfurt PIA Cargo Damashq, Istanbul-Otaturk
Hujjatlarda tasvirlanishi Aeroport 1969-yil mart oyida Abu-Dabi tomonidan chiqarilgan pochta markalari toʻplamida tasvirlangan.
Manbalar
Turkum:BAA aeroportlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda