Samsung Galaxy S23 – Galaxy S seriyasining bir qismi sifatida Samsung Electronics tomonidan ishlab chiqilgan, ishlab chiqarilgan flagman Android smartfonlari seriyasidir. Telefonlar 2023-yil 1-fevralda Galaxy Unpacked-da eʼlon qilingan va 2023-yil 17-fevralda sotuvga chiqqan.

Dizayni thumb| Samsung Galaxy S23 orqa paneli (oʻngda), S23+ (oʻrtada), S23 Ultra (chapda) Samsung Galaxy S23 va S23+ jami boʻlib olti xil: Qora, Qaymoq rang, Yashil, Binafsha rang, Grafit va Laym ranglarida mavjud. Samsung Galaxy S23 Ultra esa sakkiz xil rangda mavjud: Qora, Qaymoq rang, Yashil, Binafsha rang, Grafit, Laym, Moviy va Qizil.

Grafit, Laym, Moviy hamda Qizil ranglarini faqatgina rasmiy sayt orqali buyurtma qilish mumkin. Galaxy S23Galaxy S23+Galaxy S23 UltraRangNomiFaqat onlaynRangNomiFaqat onlaynRangNomiFaqat onlayn Qora Yoʻq Qora Yoʻq Qora Yoʻq Qaymoq rang Yoʻq Qaymoq rang Yoʻq Qaymoq rang Yoʻq Yashil Yoʻq Yashil Yoʻq Yashil Yoʻq Binafsha rang Yoʻq Binafsha rang Yoʻq Binafsha rang Yoʻq Grafit Ha Grafit Ha Grafit Ha Grafit Ha Grafit Ha Grafit Ha Moviy Ha Qizil Ha

Texnik xususiyatlari

Chipset Samsung Galaxy S23, S23+, S23 Ultra qurilmalarida Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 for Galaxy-dan foydalanilgan. Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 for Galaxy sakkiz yadroli protsessor, Adreno 740 GPU, aloqa uchun Qualcomm X70 modemini oʻz ichiga oladi. Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 for Galaxy bu Samsung uchun maxsus ishlab chiqilgan Snapdragon 8 Gen 2 ning maxsus versiyasidir. Oddiy Snapdragon versiyasi va Samsung versiyasi oʻrtasidagi farq shundaki, Samsung versiyasi 3,20 Ghz oʻrniga 3,36 Ghz chastotada ishlaydigan Cortex-X3 yadroga ega, Adreno 740 GPU esa 680 Mhz oʻrniga 719 Mhz tezlikda ishlaydi.

Displeyi Galaxy S23 seriyasidagi barcha qurilmalar HDR10+ texnologiyasini qoʻllab quvvatlovchi „Dynamic AMOLED 2X“ displeyi bilan jihozlangan. Barcha qurilmalarda displey ichida joylashgan ultratovush barmoq izi skanerlari bor. Model Displey oʻlchami Displey ravshanligi Maksimal yangilanish tezligi Oʻzgaruvchan yangilanish tezligi Shakl S23 2340×1080 120 Ghz 48 Ghz dan 120 Ghz gacha Yassi S23+ 2340×1080 120 Ghz 48 Ghz dan120 Ghz gacha Yassi S23 Ultra 3088×1440 120 Ghz 1 Ghz dan 120 Ghz gacha Egri qirralar bilan

Kameralari +Galaxy S23 seriyasi kameralarini taqqoslash Galaxy S23 va S23+ Galaxy S23 Ultra Keng burchak Xususiyatlari 50 MP, f/1,8, 24 mm, 1/1,56", ikki pikselli PDAF, OIS 200 MP, f/1.7, 24 mm, 1/1.3", PDAF, lazerli avtofokus, OIS Model Samsung S5KGN3 Samsung S5KHP2 Ultra keng burchak Xususiyatlari 12 MP, f/2.2, 13 mm, 1/2.55", S23 Ultra-da ikki pikselli PDAF Model Sony IMX564 Telefoto linzalari Xususiyatlari 10 MP, f/2.4, 70 mm, 1/3.94", PDAF, OIS 10 MP, f/2.4, 70 mm, 1/3.52", ikki pikselli PDAF, OIS Model Samsung S5K3K1 Sony IMX754 Periskop telefoto linzalari Xususiyatlari - 10 MP, f/4.9, 240 mm, 1/3.52", ikki pikselli PDAF, OIS Model Sony IMX754 Frontal Xususiyatlari 12 MP, f/2.2, 26 mm, 1/3.24", PDAF Model Samsung S5K3LU S23 va S23+ 50 megapikselli keng burchak sensoriga, 10 megapikselli telefoto sensori va 12 megapikselli ultra keng burchakli sensorga ega. S23 Ultra smartfoni esa 200 megapikselli keng burchakli sensorga, ikkita 10 megapikselli teleskopik sensorga va 12 megapikselli ultra keng burchakli sensorga ega. Smartfonlarning old tomonidagi kamera barcha modelda 12 MP sensorlardan foydalanadi.

Aloqa Samsung Galaxy S23, S23+ va S23 Ultra smartfonlarining barchasi 5G-ni qoʻllab-quvvatlaydi. Undan tashqari qurilmada SA/NSA/Sub6, Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 mavjud.

Batareyasi S23, S23+ va S23 Ultra mos ravishda 3900 mA/soat, 4700 mA/soat va 5000 mA/soat Li-Po batareyalarga ega. S23 USB-C simli 25 Vt quvvatga ega (USB Power Delivery yordamida) zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi, S23+ va S23 Ultra esa tezroq zaryadlaydigan, quvvati 45 Vt ga teng zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Barcha uchta qurilma 15 Vt gacha quvvatga ega Qi simsiz zaryadlash bilan jihozlangan. Telefonlar shuningdek boshqa qurilmalarni „Wireless PowerShare“ deb nomlangan oʻz batareyasidan 4,5 Vtgacha quvvat bilan simsiz zaryadlash imkoniyatiga ega.

Xotirasi Model Galaxy S23 Galaxy S23+ Galaxy S23 Ultra Ram Xotira Ram Xotira Ram Xotira Variant 1 8GB 128GB - - 8GB 256GB Variant 2 8GB 256GB 8GB 256GB 12GB 256GB Variant 3 8GB 512GB 8GB 512GB 12GB 512GB Variant 4 - - - - 12GB 1 TB Galaxy S23 8 GB operativ xotira va 128 GB, 256 GB va 512 GB doimiy xotiraga, Galaxy S23+ 8 Gb tezkor xotira va 256 va 512 Gb doimiy xotiraga, Galaxy S23 Ultra 8 GB RAM yoki 12 GB RAM, 256 GB, 512 GB va 1 TB ichki xotiraga ega.

Galaxy S23 ning 128 Gb versiyasida eski UFS 3.1 xotira formati, 256 Gb va undan yuqori versiyalari esa yangiroq, tezroq va samaraliroq boʻlgan UFS 4.0 dan foydalanilgan.

Dasturiy taʼminoti Samsung Galaxy S23 telefonlari Samsung One UI 5.1 (Android 13) da ishlaydi. Qurilma xavfsizligini oshirish uchun Samsung Knox kiritilgan va korporativ foydalanish uchun alohida versiyasi mavjud. Samsung 4 yillik asosiy Android OS yangilanishlarini va yana 1 yillik xavfsizlik yangilanishlarini, jami 5 yillik yangilanishlarni vaʼda qilgan.

Manbalar

Havolalar

Galaxy S23 – Rasmiy veb-sayt Galaxy S23 Ultra – Rasmiy veb-sayt (S23 Ultra) Turkum:Android smartfonlar