Anna Malikova (1965-yil 14-iyulda tugʻilgan) – rus pianinochisi.
Hayoti Anna Malikova 1965-yil 14-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Annaning ota-onasi ham pianinochi boʻlgan. Malikova musiqiy taʼlimni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida olgan.
14 yoshida Moskvaga yuborilib, Markaziy musiqa maktabiga oʻqishga kirgan. Musiqiy maktabda Rossiyaning eng taniqli pianino oʻqituvchilaridan biri hisoblangan Lev Naumovning shogirdi boʻlgan. 1979-yildan 1984-yilgacha u bilan birga tahsil oladi. Keyinchalik esa Chaykovskiy konservatoriyasida Naumov bilan oʻqishni davom ettirgan. Talabalik davrida 1990-yilda Varshavadagi Shopen tanlovida beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritganChopin – Information Centre – Anna Malikova – Biography Anna Malikova – Biography.
Malikova bir yil davomida Markaziy musiqa bilim yurtida dars bergan (1991-1992). 1992–1996-yillarda Chaykovskiy nomidagi konservatoriyada Naumovning assistenti sifatida dars bergan. Uning faoliyati keyin Sovet Ittifoqi davrida boshlanganMalikova Biography & History „Anna Malikova | Biography & History | AllMusic“.
1993-yilda Myunxendagi ARD tanlovida birinchi oʻrinni egallab, xalqaro sahnalarda ham mashhurlikga erisha boshlaydi. Jumladan, Avstraliya kamera orkestri, Sidney simfoniyasi, Varshava milliy filarmoniyasi va Bavariya radiosi korporativ orkestri kabi orkestrlar bilan birga chiqishni boshlagan.
Hozirda Anna Avstriyaning Vena shahrida yashaydi.
Faoliyati Moskva, Leningrad, Omsk, Boku shaharlarida, Yekaterinburg, Minsk, Nijniy Novgorod, Qozon va Toshkentda orkestrlar bilan konsertlar ijro etgan. Armaniston, Xitoy, Yevropa, Yaponiya, Koreya va Janubiy Amerikadagi mahorat darslarida qatnashib, tanlovlarda hakam sifatida qatnashgan. 2002-yildan 2005-yilgacha Germaniyaning Essen shahridagi Folkvang universitetida oʻrinbosar professor, 2011-yildan 2013-yilgacha Polshaning Katowice shahridagi Shimanovski akademiyasida professor boʻlib ishlagan. Anna 2018-yilning oktyabr oyida Vena musiqa va ijro sanʼati universitetining taniqli professori etib tayinlanadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:14-iyulda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik musiqachilar Turkum:Moskva konservatoriyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik klassik pianinochilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar