Atik Mustafo Posho masjidi (; koʻpincha Hazreti Cabir Camii nomi bilan tanilgan) Istanbuldagi sobiq Sharqiy pravoslav cherkovi boʻlib, Usmonlilar tomonidan masjidga aylantirilgan. Istanbulning Fotih tumani, Ayvansaroy mahallasi, Chember Sokak hududi, Konstantinopolning oltinchi tepaligi etagi, Oltin Shoxga yaqin joyda devor bilan oʻralgan shahar ichida joylashgan.
Uzoq vaqt davomida ushbu yodgorlik hech qanday dalillarsiz Avliyo Butrus va Mark cherkovi deb hisoblanib kelingan. Bugungi kunda esa binoning Blachernae saroyidagi Saint Thekla cherkovi (yunoncha: , Hagia Thekla tou Palatiou tōn Vlakhernōn) boʻlgan degan taxminlar mavjudThe Church of Saint Thekla was also previously identified with the Toklu Dede Mescidi, a Church of Comnenian foundation (middle/second half of eleventh century) which lied nearby and was destroyed in 1929. This identification, based only on the similarity of the name, should be rejected. Janin (1953), p. 148.. Qurilish uslubiga koʻra bino XI yoki XII asrlarga tegishli. right|thumb|200x200px| Binoning apsidasi
Tarixi IX asrning oʻrtalariga kelib, imperator Theophilusning toʻngʻich qizi malika Thekla, Blachernaedagi Theotokos cherkovidan sharqda oʻzining muqaddas homiysi sharifiga bagʻishlab qurilgan kichik ibodatxona maydonini kengaytiradiMüller-Wiener (1977), p. 83.. 1059-yilda komninlar sulolasi imperatori Isaac I oʻzining ov halokatidan omon qolgani sharafiga ushbu joyda kattaroq cherkov qurdiradiJanin (1953), p. 148.. Cherkov oʻsha davrda oʻzining goʻzalligi bilan mashhur boʻlgan. Anna Comnenaning yozishicha, imperatorning onasi Anna Dalassena ushbu cherkovda tez-tez ibodat qilgan. Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olgandan soʻng, bino 1509-yilgi zilzila paytida katta zarar koʻrgan, natijada cherkov gumbazi vayron boʻlganInformation contained in an inscription on the front of the Mosque.. Oradan koʻp oʻtmay KapiciboshiThe Kapicibaşi („chief doorkeeper“) was also master of ceremonies at receptions for foreign ambassadors. (keyinroq vazir) Koca Mustafo poshoEyice (1955), p. 92. zilzila oqibatida yuzaga kelgan zararni bartaraf etib, cherkovni masjidga aylantirganIn the same period he converted also another byzantine church, this one placed in today’s Samatya neighborhood, into a mosque, named after him Koca Mustafa Pasha Mosque..
XIX asrning oxirigacha binodan janubda joylashgan hammom masjid poydevorining bir qismini tashkil qilganMüller-Wiener (1977), p. 83.. 1692-yilda Shotir Hasan ogʻa masjid oldida favvora qurdirgan. 1729-yilda katta Balat olovi paytida bino jiddiy shikastlangan va taʼmirga muhtoj holatga kelib qolgan. 1894-yilgi Istanbul zilzilasida masjid minorasi vayron boʻlgan, buning natijasida esa 1906-yilga qadar masjid tashrif buyuruvchilarga yopib qoʻyilgan. Binoda oxirgi restavratsiya ishlari 1922-yilda amalga oshirilgan. Oʻsha paytda koʻchaning narigi tomonidan topilgan xoch shaklidagi marmar Istanbul arxeologiya muzeyiga olib ketilgan.
Masjid apsidasi ichida 678-yildaEyice (1955), p. 66. Konstantinopolni arablarning birinchi qamal qilishi paytida halok boʻlgan Abu Ayyub al-Ansoriy safdoshlaridan biri boʻlgan Hazreti Cabir (Jobir) Ibn Abdulloh-ul-Ensomiyga tegishli turba (maqbara) joylashganGülersoy (1976), p. 248..
Arxitekturasi thumb|200x200px| Janubiy apsidadagi Hazreti Cabir (Jobir) turbasi (maqbarasi). Binoning kengligi va uzunligi boʻlib, yunon xochli gumbazga ega. Masjidning old tomoni shimoli-sharqiy tomonga yoʻnaltirilgan. Bino uchta koʻpburchak apsidaga ega boʻlib, narteksi vayron qilinganMüller-Wiener (1977), p. 82.. Masjidda hech qanday galereya mavjud emas. Binoning barabansiz gumbazi Usmonlilar davrida, gumbazni suyab turuvchi ark va ustunlar esa Vizantiya davrida bunyod etilganVan Millingen (1912), p. 193.. Janubi-sharqiy tomonda joylashgan uchta apsidaning har biri uch qirrali, Eski Vizantiya davrida qurilgan tom, karniz va yogʻoch narteksga Usmonli imperiyasi davrida oʻzgartirish kiritilgan.
Xochning ichki tomonini tashkil etuvchi gumbazli tirgaklar L shaklida qurilganVan Millingen (1912), p. 193.. Binoning janubiy devorlariga suratllar ishlanganIn 1985, a Dumbarton Oaks Paper (Vol. 39, pp. 125-134) about them has been published.. 1990-yillarda bino polini yangilash paytida bir nechta tesseralar topilgan boʻlib, ular masjidda oʻsha davrda ham mozaika panellari mavjud boʻlganligidan dalolat beradiTunay (2001), p. 229.
Arxitekturaviy ahamiyatiga qaramay, masjid hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmaganUnfortunately, in the occasion of the floor renewal, the Vakıflar Genel Müdürlüǧü („general directorate for the pious foundations“) denied the permission for an archeological survey, which could have clarified many open issues, including that about its dedication. Tunay (2001), p. 229.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Vizantiya 1200 |Atik Mustafo posho masjidi 30 dan ortiq rasmlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar