Umar Suhravardiy maqbarasi yoki Shayx Umar Suhravardiy masjidi va qabri (), – maqbara va masjiddan iborat tarixiy majmua boʻlib, Iroqning Bagʻdod shahrida joylashgan. Majmua qurilishi Abbosiylar davriga borib taqaladi va Suhravardiya soʻfiylik ordeni asoschisi Shihobiddin Abu Hafs Umar as-Suhravardiyga atab qurilgan. Masjid Shayx Umar koʻchasi va Bagʻdod devorining Bob al-Vastoniy oʻrtasida, Al-Rusafa tumanining janubiy qismida joylashgan. Masjidni Muhammad al-Qosim shossesidan va shahar markazidan taxminan uzoqlikdan turib ham koʻrish mumkinالدليل السياحي للأضرحة والمقامات في العراق – دائرة الأضرحة والمقامات والمراقد السنية العامة. p.33..
Tarixi Masjid qurilishi 12-asrda amalga oshirilgan boʻlib, u masjid yaqinidagi qabristonga dafn etilgan Umar Suhravardiy nomi bilan atalgan. Masjid 1902-yilda Ismoil Posho tomonidan 1926-yilga qadar taʼmirlangan. 1964-yilda Vaqf vazirligi tomonidan yana bir marotaba taʼmirlash ishlari olib borilgan. 2010-yilda minoraning qulash xavfi mavjudligi xabar qilinganمنارة السهروردي ببغداد مهددة بالسقوط. Al-Jazeera. Retrieved January 4, 2018..
Qurilishi Bino majmuasi ichkarsining maydoni taxminan boʻlib, uni oʻrab turgan qalin devorga qoʻshimcha ravishda oʻnta ustunga asoslangan marmar bilan qoplangan gumbaz oʻrnatilgan. Majmuaning qarshisida masjid tarkibiga kiruvchi namozxona joylashgan. Majmuaning ichida Umar Suhravardiyning qabriga olib boruvchi eshik bor, u Umar Suhravardiy shogirdlaridan birining qabri joylashgan kichikroq xona roʻparasida joylashgan. Qabr xonasi kichik boʻlib, Umar Suhravardiy qabri yogʻochdan yasalgan zarih bilan qoplangan. Ziyoratgoh tepasida saljuqiy meʼmorchilik uslubida qurilgan noyob konussimon gumbaz bor. Masjid ichida eski qabriston atrofida yoz vaqti uchun moʻljallangan yana bir majmua va 400 nafargacha namozxonni sigʻdira oladigan besh vaqt namoz oʻqiladigan joy ham mavjudدليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية – ديوان الوقف السني في العراق. p.60.. Atrofdagi qabriston dastlab Al-Vardiyya qabristoni deb atalgan, lekin u yerga Umar Suhravardiy dafn etilganidan keyin Shayx Umar qabristoni deb atala boshlangan.
Galereya
Yana qarang
Iroqdagi islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Bagʻdoddagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Saljuqlar arxitekturasi Turkum:Iroqdagi maqbaralar Turkum:Gumbazli masjidlar