Rasul Gʻulomovich Gʻulomov (1911-yil) – sovet va oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi raisi (1959–1961 va 1988–1990).

Hayoti Rasul Gʻulomovich Gʻulomov 1930-yilda pedagogika texnikumini, 1955-yilda Butunittifoq Kommunistik partiyasi qoshidagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1930-yilda Margʻilon shahrida boshlagan. U yerda Federal oʻquv muassasasi oʻquv boʻlimiga rahbarlik qilgan. U Oʻzbekiston komsomol tashkilotlarida, Toshkent shahar Oktyabr tuman ijroiya qoʻmitasida (instruktor, katta instruktor), Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumida (rasi yordamchis), „Toshpromtorg“da (direktor) ishlagan.

1945-yilda Oʻzbekiston KPMK kadrlar boʻlimi instruktori, Oʻzbekiston KPMK kadrlar boʻlimi madaniyat va maʼrifat sektori mudiri va Oʻzbekiston KPMK kadrlar boʻlimi mudirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

1945–1948-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti targʻibot va tashviqot boʻlimi mudirining oʻrinbosari boʻlgan.

1948–1951-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari boʻlgan.

1951–1952-yillar hamda 1955-1956-yillar davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1956–1958-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlib ishlagan.

1957–1959-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

1959–1961-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlgan.

1959–1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining raisi boʻlgan.

1964-yildan boshlab OʻzSSR Davlat kino qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivali bosh direktorining oʻrinbosari boʻlgan.

1987–1990-yillarda Oʻzbekiston urush va mehnat faxriylari kengashi raisi boʻlgan.

1988–1990-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining raisi boʻlgan.

II, III, IV, V chaqiriq OʻzSSR Oliy Kengashi deputati, III chaqiriq Oliy Kengash Prezidiumi aʼzosi (1950–1955) etib saylangan. KPSS XX, XXI, Oʻzbekiston Kompartiyasi X, XIII, XIV, XV qurultoylariga delegat boʻlgan. Oʻzbekiston KPMK Byurosi aʼzoligiga saylangan (1957).

Mukofotlari Rasul Gʻulomovich Gʻulomov uchta „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni, ikkita „Hurmat Belgisi“ ordeni, medallar, OʻzSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorliqlari, SSSR Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining ikkita Katta oltin medali va „Katta Fargʻona kanali qurilishida ishtirokchi“, „SSSR koʻmir sanoati aʼlochisi“ va „SSSR kinematografiyasi aʼlochisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar http://www.uzbekkino-ussr.asia/rasul-gulamov.html

Turkum:1911-yilda tugʻilganlar Turkum:KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining raislari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston SSR hukumati boshligʻining oʻrinbosarlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byuro a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raislari Turkum:Oʻzbekfilm kishilari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:1991-yilda vafot etganlar