Yekaterina Georgievna Kim (1930-yil 15-yanvar, Uzoq Sharq oʻlkasi, Nikolaevka qishlogʻida (SSSR) tugʻilgan, 2019-yil 19-iyunda vofot etgan) – kolxoz rahbari, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953).
Hayoti Yekaterina Kim 1930-yil 15-yanvarda Uzoq Sharq oʻlkasining Nikolaevka qishlogʻida (hozirgi Primorsk oʻlkasining Partizanskiy tumani) tugʻilgan. U yerda oila (otasi Kim Gix Var va onasi Xyon In Sen, oʻgʻillari Vsevolod va Vyacheslav boʻlgan) kolxoz tashkil etilganini mahalliy koreyslardan bilib, 1930-yilda Naxodka qishlogʻidan koʻchib oʻtgan. 1937-yilning kuzida oilasi bilan O‘zbekiston SSRga surgun qilingan.
1941-yilda Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomli kolxozga ishga kirib, u yerda pichan yigʻadi. Yekaterina maktabda faqat qish faslida oʻqigan. Bahorda darslar tushlik paytgacha boʻlib, keyin bolalar dalaga ketishgan. U har gektardan ikki yuz sentnerga yaqin kenaf yigʻib olgan boshoqli ekinlar yetishtirish boʻyicha komsomol-yoshlar boʻlinmasi boshligʻi etib tayinlangan. Qishloq xoʻjaligi texnikumini tamomlagandan soʻng, Moskvadagi Timiryazev akademiyasida tahsil olgan. 1948-yilda (18 yoshida) mehnatdagi ulkan yutuqlari uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Yekaterinaning jamoasi 17 gektardan ortiq maydonda gektariga 118,9 sentnerdan kenaf yigʻib, rekord koʻrsatkichga ega boʻlgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1953-yil 21-dekabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni va "Oʻroq va bolgʻa" oltin medali bilan taqdirlangan. Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovar boʻlganNagradnoe delo na Geroya Sotsialisticheskogo Truda Kim Ye. G. i Li Yen-xo. Ukaz ot 21 dekabrya 1953 g. , Rossiyskiy gosudarstvenniy arxiv ekonomiki..
U 10 nafar farzandni tarbiyalagan. Primorsk oʻlkasi, Partizanskiy tumani, Novitskoye qishlogʻida yashagan.
Yekaterina Kim 2019-yil 19-iyunda 89 yoshida vafot etgan.
Mukofotlari va unvonlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni "Oʻroq va bolgʻa" oltin medali Mehnat Qizil Bayroq ordeni
Havolalar
German Kim, Geroy Sotsialisticheskogo truda Kim Yekaterina Georgievna Vsegda yunaya geroinya
Manbalar
Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:19-iyunda vafot etganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:15-yanvarda tugʻilganlar Turkum: O‘zbekiston SSRga surgun qilinganlar