Mamasiddiq Qamchiboyevich Sherayev (1946-yil 10-avgust, Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2023-yil 21-noyabr, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik qiziqchi, askiyachi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1999), „Doʻstlik“ ordeni sohibi (2021). Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika Askiya va qiziqchilik san’ati markazi asoschisi va badiiy rahbari.
Tarjimayi holi Mamasiddiq Sherayev 1946-yil 10-avgustda Margʻilon shahrida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (Hozirgi Toshkent sanʼat instituti) da tahsil ogan. Faoliyati davomida Jizzax, Fargʻona va yana bir qator teatrlarda aktyor, qiziqchi sifatida ishlagan. Erkin Vohidov nomidagi Margʻilon bogʻida askiya sayllarni oʻtkazib kelgan va Margʻilonda askiyachilik makatabini yoʻlga qoʻygan. 2020-yildan Margʻilon shahridagi musiqali maqom teatrida faoliyat olib borgan.
Faoliyati Mamasiddiq Sherayev 1972−1975-yillarda Sirdaryo musiqali teatrining 2-toifali aktyori, 1975−1977-yillari Fargʻona oʻzbek teatrining drama artisti, 1979−1986-yillarda „Nurxon“ xalq teatri rejissyori, 1986−1987-yillari Toshloq tumani Madaniyat boʻlimi badiiy rahbari, 1987−1993-yillarda Fargʻona shahridagi „Neftch“ klubi kinoopreratori, 2006−2016 yillari „Muhammadsiddiq askiyas“ xususiy korxonasi rahbari, 2016−2020-yillarda Margʻilon shahridagi Madaniyat boʻlimining toʻgarak rahbari, 2020−2023-yillari Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritgan.
Mukofotlari Mamasiddiq Sherayev 1999-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan. 2021-yil 24-avgustda „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan.
Vafoti Mamasiddiq Sherayev 2023-yil 21-noyabrda 77 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:Margʻilonda tugʻilganlar Turkum:Margʻilonlik kishilar Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar