Xoʻjai korsoz masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyati hududida joylashgan. Mazkur masjid musulmon aholi uchun kunlik besh vaqt namoz ibodatlarini bajarish uchun foydalanishga topshirilgan. Jomeʼ-masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyat boshqarib turadi.
Joylashuvi thumb|left|250px|Masjid binolari Xoʻjai korsoz jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Oʻrta Chirchiq tumani, Qumovul mahalla fuqarolar yigʻini, F. U. Oxunboboyev koʻchasida joylashgan. Mazkur masjid Toshkent shahriga yaqin boʻlgan hududda joylashganligi sababli Juma namozi, hamda, Hayit namoz vaqtlarida namozxonlar bilan toʻlib ketadi. Masjidning yon tomonida shu nom bilan nomlanadigan qabriston Joylashgan. Jomeʼ-masjidga Qumovul mahalla fuqarolar yigʻini, F. U. Oxunboboyev, Gulzor, Yangi Turmush, Saidovul, Birlashgan koʻchasining turli tor koʻcha va mahallalarida yashovchi aholi namozni ado qilish uchun kelishadi. Jomeʼ-masjidning bosh imomi Boboyev Abduvahob boʻlib, masjidga tashrif buyurgan aholi bilan birga, boshqa hududdan tashrif buyurgan ziyoratchilarni doimiy ravishda muloqotda boʻladi.
Tarixi thumb|left|250px|Masjidning ichki koʻrinishi thumb|250px|left|Masjid imom-xatib minbari thumb|250px|Masjid ichki hovlisi Xoʻjai korsoz jomeʼ-masjidining asl nomi XI-asrda yashab oʻtgan „Xoʻjai Korsoz“ nomi bilan mashhur boʻlgan zot sharafiga qoʻyilgan boʻlib, 1960-yilda mahalliy aholi va homiylar bilan birga xashar yoʻli orqali barpo etilgan. Masjid 2017-yil 6-iyul kuni oʻsha vaqtdagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ushbu maskanga tashrif buyurib masjidning yangi binosini barpo etishda qatnashayotgan aholi bilan suhbat oʻtkazib, birinchi tamal toshini qoʻyib berdi. Mazkur masjid 1998-yil, 13-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Manbalar