Sulton Ismoil Petra masjidi () – Malayziyaning Kelantan viloyati Rantau Panjang shahrida Xitoy uslubida qurilgan masjid. Bino Xitoyning Pekin shahridagi 1000 yillik Niujie masjidiga oʻxshaydi.

Qurilish 2005-yilning 12-sentyabrda boshlangan va 2009-yilning avgust oyida ochilgan. Qurilishning umumiy qiymati 8,8 million ringitni tashkil qilgan. Masjidning umumiy maydoni 3,7 gektar boʻlib, bir vaqtning oʻzida 1000 nafar namozxonni sigʻdira oladi.

Manzili Masjid Pasir Mas-Rantau Panjang avtomagistralining chekka qismida, Rantau Panjangdan taxminan 2 km uzoqlikda joylashgan.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar