Iosif Aleksandrovich (Shabelevich) Rabinovich (13-fevral 1895-yil, Toshkent – 1977-yil 1-oktyabr, Moskva) – sovet haykaltaroshi.
Biografiyasi Iosif Rabinovich 13-fevral 1895-yilda Toshkentda tavallud topgan. 1912–1916-yillarda Moskva universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan. Iosif 1919–1922-yillarda Moskvadagi VXUTEMASda I. S. Efimov va S. T. Kononkov bilan birga tahsil olgan. 1926-yilda haykaltaroshlik bilan bir vaqtda grafikani oʻrganishni boshlagan. 1929–1932-yillarda inqilob rassomlari uyushmasi va 1932-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.
Rabinovich 1929-yildan boshlab badiiy koʻrgazmalarda qatnashgan. U monumental, monumental-dekorativ, memorial va bogʻ haykaltaroshlik sohalarida ishlagan.
Manbalar
Turkum:Sovet haykaltaroshlari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar Turkum:1-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:25-fevralda tugʻilganlar