Lyudvik Karol Abramovich (5-iyul 1879-yil, Moskva – 9-mart 1939-yil) – Polsha tarixchisi va jamoat arbobi, jurnalist, noshir.
Biografiyasi Lyudvig Abramovich Krakovdagi Krakov universitetini tamomlagan.
1905-yildan Vilnyusda istiqomat qilgan.
Lyudvig 1906-yildan Gazeta Wileńska, Kurier Wileński nashrlarida faoliyat olib borgan.
1911-yildan 1938-yilgacha u Przegląd Wileński gazetasida muharrir boʻlib ishlagan.
Abramovich 1925-1939-yillarda Vrublevskiy kutubxonasini (hozirgi Litva Fanlar akademiyasining Vrublevskiy kutubxonasi) targʻib qilish boʻyicha ilmiy qoʻmitasining raisi boʻlgan.
U Belorussiyaning ijtimoiy va madaniy hayoti bilan bogʻliq boʻlgan. „Chetire veka knigopechataniya v Vilno, 1525-1925“ (Vilno, 1925) kitobida Fransisk Skorina va uning izdoshlari faoliyati haqida yozgan.
Manbalar
Turkum:1939-yilda vafot etganlar Turkum:9-martda vafot etganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:1879-yilda tugʻilganlar Turkum:5-iyulda tugʻilganlar