Malakka Xitoy masjidi ( Jawi: msjd chynạ nđry mlạk; ) – Malayziyaning, Malakka viloyati, Markaziy Malakka tumani, Krubong shahridagi xitoycha uslubda qurilgan masjid. Bino Malayziyadagi Sulton Ismoil Petra va Perak viloyatidagi masjiddan keyin xitoy meʼmorchiligi asosida qurilgan uchinchi masjid hisoblanadi.

Tarixi Masjid dizayni Malakka Xitoy musulmonlari uyushmasi (Pertim) tomonidan ishlab chiqilgan. Inshootning qurilish byudjeti 2011-yil oktyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari Muhyiddin Yasin tomonidan tasdiqlangan, uning qurilish ishlari 2012-yil avgust oyida Warisan Harmoni Construction Sdn. Bhd. tomonidan boshlab berilgan va 2014-yilning aprel oyida yakunlangan. Masjidning qurilishi uchun sarf qilinadigan mablagʻning 7.5 million ringiti federal hukumat tomonidan, qolgani esa Pertim va jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan.

Arxitekturasi Masjid dizayni Xitoyning Pekin, Shanxay va Sian shahridagi bir nechta masjidlar meʼmorchiligi uygʻunlashuvidan iborat. Masjidda xitoy xattotligi va noyob Xitoy meʼmorchiliging guvohi boʻlish mumkin. Inshoot bitta minora va ikkita gumbazga ega boʻlib, ichki qismida asosiy namozxona, kutubxona, zal, idoralar, hovuzlar va restoran mavjud. Binoning umumiy maydoni 2.8 gektarni (300 000 kv. ft) tashkil qiladi. Masjidga bir vaqtning oʻzida 2000 tagacha namozxon tashrif buyurishi mumkin. thumb| Malakka Xitoy masjidining namozxonasi|left

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar