Ravshan Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1971-yil 4-mart, Termiz – 24-oktyabr 2018-yil, Termiz) – Sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Ravshan akalari singari faoliyatini Termizning „Surxon“ klubida 1989-yilda boshlagan. Termiz jamoasida bir mavsum oʻynagach 1990-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynagan. 1991-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan taklif olgan va yarim mavsum davomida Fargʻona klubi tarkibida 1991-yilgi SSSR Birinchi ligasida ishtirok etgan. 1991-yilning yoz oyida „Surxon“ jamoasiga qaytib SSSR Ikkinchi ligasi oʻynagan. 1992-yilda yana „Neftchi“ jamoasiga qaytdi va yozgi transfer oynasida Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. 1993-yilgi mavsumda Termizga, „Surxon“ klubiga qaytdi va uch mavsum davomida eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 1996-yilgi mavsumda Toshkentning „MHSK“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bir yarim mavsum davomida Toshkent klubi tarkibida oʻynagan. 1997-yil mavsumning ikkinchi qismida Termizga qaytdi va 2000-yilgacha „Surxon“ klubi tarkibida oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasida oʻynagan. 2001—2002-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasida oʻynagan. 2003-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda „Xorazm“ jamoasida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda Termizga qaytgan va shu yilning oʻzida „Surxon“ klubida faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Ravshan murabbiylik faoliyatini oʻzining asosiy faoliyati oʻtgan jamoasi, Surxon klubida boshlagan. 2010—2011-yillarda „Surxon“ klubida bosh murabbiylik qilgan. Shundan soʻng Termiz klubida bir necha yil boshqa lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. Ravshan 2018-yil 24-oktyabrda Termizda vafot etgan. vafotidan soʻng bir necha bor faxriylar va Ravshan doʻstlari oʻrtasida Ravshan Doʻrmonov xotira turniri oʻtkazildi.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 1996 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2003 Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 1993, 2004

Shaxsiy hayot Ravshan Doʻrmonovning Ikki akasi Abdusamad va Rustam Doʻrmonov ham futbolchi boʻlib uch aka uka bir vaqtda „Neftchi“ (Fargʻona) klubida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Ravshan Doʻrmonov Footballfacts saytida futbolchi profili Ravshan Doʻrmonov Transfermarkt saytida futbolchi profili

Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:4-martda tugʻilganlar Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:24-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:Surxondaryo viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Atlaschi FC futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari