Jean-Dominique Bauby (; 1952-yil 23-aprel – 1997-yil 9-mart) – fransuz yozuvchisi va Elle jurnali muharriri.
Hayoti Bauby Parijning 14-okrugida tugʻilgan va Parijning 1-okrugida, Tuileries bogʻining shimolidagi Rue du Mont-Tabor koʻchasida yashagan.
Jurnalistlik faoliyatini Combat gazetasida boshlagan, keyin esa Le Quotidien de Paris gazetasida davom ettirgan. 28 yoshida, Paris Match jurnalining madaniy boʻlimi muharriri boʻlishdan oldin, Le Matin de Paris gazetasining bosh muharriri lavozimida ishlagan. Keyin esa Elle jurnaliga ishga oʻtgan va keyinchalik ushbu jurnal muharririga aylangan.
Bauby oʻn yil davomida Silvi de la Rochefucauld bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Ularning bir oʻgʻli va bir qizi boʻlgan. Bauby Elle jurnali jurnalisti Florens Ben Sadoun bilan uchrashishni boshlaganidan soʻng esa Rochefucauld bilan ajralshgan.
Xotirasi 1995-yil 8-dekabrda, 43 yoshida, Bauby oʻgʻlini teatrga olib ketayotganda insult olgan„The real story behind The Diving Bell and the Butterfly“. the Guardian. 9 February 2008.. Yigirma kundan keyin kasalxonada uygʻonganida, u faqat chap qovogʻini pirpiratishga qodir boʻlgan.
Bauby kasallikka chalinishdan oldin kitob yozish uchun shartnoma imzolagan edi. Uning nutq terapevti Sandrine Fichou foydalanish chastotasiga koʻra 26 harfli alifbo tuzganArnold, Beth (23 February 2008). "The truth about „The Diving Bell and the Butterfly“". Salon.com. Retrieved 4 May 2014.. U alifbodagi harflarni kerakli harfga toʻgʻri kelganida Bauby koʻzini pirpiratguncha ketma-ketlikda koʻrsatib turgan. Shu orqali ular asar soʻzlarini yozgan. Sandrine va Bauby haftasiga yetti kun, kuniga uch soat ishlagan holda ikki oy davomida 130 betlik qoʻlyozma yozishgan.
Yozib olingan „Skafandr va kapalak“ asari 1997-yil 7-mart, juma kuni chop etilgan. U Yevropa boʻylab birinchi raqamli bestsellerga aylangan va umumiy sotuvi milliondan oshgan. Bauby oʻz kitobi nashr etilganidan ikki kun oʻtgach, 44 yoshida pnevmoniyadan]] vafot etgan. U Fransiyaning Parij shahridagi Per-Lachaise qabristonidagi oilaviy qabrga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
The Diving Bell and the Butterfly - The Movie ::: Kerosene Creative Services :: Miramax
Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:Fransiyalik yozuvchilar